18 +  RSS  E-mail
15:35, 15 02 2019

Teatrlar avtobus bilan taʼminlandi


Bugun mamlakatimizda shiddatli islohotlar olib borilayotgani, ularning natijasi odamlarimiz turmush tarzida, oʻy-tafakkurida aks etayotgani barchamizni birdek quvontirmoqda.

Ilgari xayolimizga ham kelmagan yangilanish va oʻzgarishlar zamirida ezgu gʻoyalar mujassam boʻlmoqda. Ayni paytda biror soha yoʻqki, u eʼtibordan, yuksalishdan chetda qolayotgan boʻlsa.  Madaniyat va sanʼat sohasiga qaratilayotgan eʼtibor ham ijodkorlar zimmasidagi masʼuliyatni, ijtimoiy burchini teran his etishga undamoqda.

Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan madaniyat va sanʼat sohasidagi ijodkorlarning xalq bilan uchrashuvini, chekka tumanlardagi ijodiy safarlari, gastrol dasturlarini tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida viloyat hokimligi tashabbusi bilan viloyat musiqali drama teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri, viloyat rus drama teatri hamda Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatrlariga avtobuslar olib berildi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.