18 +  RSS  E-mail
12:00, 12 02 2019

Yoshlar tarbiyasida dolzarb masala


Zamоnaviy voqelik, mafkuraviy tahdidlarni amalga oshirishda turli usullar, yaʼni odamlarning diniy, milliy hissiyotlari, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan, shuningdek, zamonaviy texnika, telekommunakatsiya vositalaridan ustalik bilan foydalanishga harakat qilinayotganini koʻrsatmoqda.

Bugungi kunda bunday tahdidlar yoshlarning qarashlari ularning qiziqish va istaklarini oʻrganib va ulardan jonli vosita sifatida foydalanib,  oʻzlariga maʼqul boʻlgan yoʻnalishda oʻzgartirish, diniy ekstremizm, zoʻravonlik kabi buzgʻunchi gʻoyalarni  singdirish ommalashib bormoqda.

Axborotning koʻlami shu qadar kengayib ketdiki, unga nafaqat tarmoqlararo, balki hududlararo chegara qoʻyib boʻlmayapti. Axborot almashishning qulay vositasi, shubhasiz, internet tizimidir.

Bugungi kunga kelib, internetda turli buzgʻunchi gʻoyalarni targʻib etuvchi, muborak islom dinini yomonotlik qilib koʻrsatuvchi, terroristik gʻoyalarini  targʻib etuvchi saytlar va ijtimoiy tarmoqlar soni oshib bormoqda.

Achinarlisi, shunday axborot hurujlarni taʼsiriga tushib qolayotgan, undan aziyat chekayotganlarning aksariyati yoshlardir. “Ommaviy madaniyat” niqobi ostida axloqiy buzuqlik va zoʻravonlik, individualizm, egotsentrizm gʻoyalarini tarqatish, necha ming yillik anʼana va qadriyatlarimizga tahdidlardir.

Shu bois yoshlar tarbiyasiga eʼtibor bizning bugungi kundagi kechiktirib boʻlmas oʻta muhim vazifalarimizdan biridir.

A.TOSHPOʻLATOV.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.