18 +  RSS  E-mail
12:56, 11 02 2019

Saraton xastaligi va uning davosi haqida


Volidai muhtaramam Tanzila bintining poylaridan, (tovonlaridan) oʻlim yarasi oʻsa boshladi. (Rak xastaligi nazarda tutilgan G.X.). Bu yara kundan-kunga oʻsa boshladi. Onam oʻzlarining hollarini bilgach, talvasaga tushib qolgan edilar. Kamina ham onaizorimning vafotlari yaqin ekanligini his qilganim sari Allohdan shu zaifaga umr tilardim.

Toʻqqizinchi kuni onamning yaralari ancha yiriklashdi. Men peshin namozini oʻqiganimdan keyin, Xizr Alayhissalomdan saboq olishga Jayxun kunarasiga bordim. Kamina har toʻqqiz kunda u zoti oliy bilan hamsuhbat boʻlardim. Bergan saboqlarini kitobat qilardim. Bu roʻz ul zot kaminaning xafaholligimni koʻrib, yerdin qumloqni solari bilan qozib, yettita tuxumni qoʻlimga tutdilar-da: «Buni volidangni poyiga surtgin», -dedilar. Kamina ul kishining aytganlarin bajo keltirdim. Volidamning oyoqlarini tizzlarigacha bu tuxumni surtdim. Soʻng onam butun aʼzolaridan ter va zardobdek hid chiqardilar, aʼzolari yumshoq boʻlib qolgan edi.

Tananing yumshoqligini hech narsa bilan almashtirib boʻlmasdi. Qoʻlga momiqdek muloyim tuyildi. Men onam mumdek erib, olamdan oʻtmoqda deb oʻylardim. Yana ustozim koʻz oldimda gavdalandi. “Volidang bir necha soniya orom olishlari kerak”, — dedilar. Shundan soʻng 10-15 daqiqadan keyin volidam aksa urdilar.

Vale, ul zaifaning oyoqlarini koʻrishga qoʻrqib turardim. Volidam necha daqiqalardan soʻng “Oʻgʻlim, bizga Yaratganning rahmi kelsin, dard berguvchi ham oʻzi, olguvchi ham oʻzlari, dard bergan Mavlom davosini ham beradi, siz hech qoʻrqmasdan bogʻlagan malhamingizni yechib koʻring”, — dedilar. Shundan soʻng kamina bogʻlagan malhamimni yechib koʻrdim.

Volidamning oyoqlaridagi yaraning bir sanochicha qolgan edi. Bu Allohning irodasi, dard bergan Egamning bergan davosi edi.

Volidam oʻrinlaridan turishga oshiqardilar, kamina ersa, onaizorimni oʻrinlaridan turishga hollari yoʻqligini bila turib, ruxsat berolmadim. Vale, volidam kaminaning ruxsatini hurmat etar edilar. Baʼad volidam, juda sermulohaza boʻlib, oqila ayol boʻlganliklaridan ham ulus oldida katta hurmatga ega edi. Tanzila bonu betob deb Balxdan ham doʻstlari ahvollashur erdi.

Volidamning oyoqlariga ikkinchi tuxumni ham erta tongdan bogʻladim. Endi volidam hech qanday ogʻriq sezmayotganligini tez-tez takrorlardilar. Kamina bu muolajani uch kun davom ettirdim. Volidamning oyoqlarida darddan asar ham qolmadi. Darddan batamom forugʻ boʻldilar.

Volidai muhtaramam birla maslahat qilib bu tuxumning nimaning tuxumi ekanligini va bu tuxumda Allohning yana qancha moʻʼjizalari borligini oʻrganmoqchi boʻldim. Jayxun kunarasi boʻylab qadim kechuvgacha ayov qum kechib yura boshladim. Ustozim men birla sayr qilar va meni yolgʻiz uchratib qolsalar «Qutub»lar oldiga olib borardilar. Allohning yetti moʻʼjizasidek, men ham yetti qutub bilan suhbatlashar erdim.

Bu «Qutub»lar, «Abdol»lar, «Niqob»lar har «Qirq» kunda toʻplanishar, kaminaga ularning darajalariga yetmoqlik uchun Alloh oldida hali beminnat xizmat qilmogʻi lozim edi.

Volidamni Alloh izni bilan shifo topishlariga koʻmaklashganimdan soʻng, yana Jayxun kunarasi boʻylab kelayotganimda «Qutub»lar peshvosi Hazrati Xujayi Xizr alayhissalom tong gumbazidan kelayotgan edilar. Biz juda koʻp narsalar haqida suhbatlashdik. Ul muborak zot volidamning ahvollarini soʻradilar. “Allohga shukur va hamdu sanolar boʻlsin volidai muhtaramam oʻz oyoqlari bilan yurayaptilar”, — dedim, «Har bir ishingizdan Alloh rozi boʻlsin», dedilar.

Shundan soʻng kamina oʻshal tuxumning nimaning tuxumi ekanligini soʻrashga botinolmay turgan edim. Ustozning oʻzlari: «Bu toshbaqaning tuxumi, u har qanday oʻsimtani daf qiladi», dedilar.

Bu tuxum saratonning qanday turlarini daf qilishi mumkin, degan fikrda turganimda, yana ustoz: «Bu tuxum saratonning har qanday turida ham foyda beradi, vale saraton erkanligini aniqlamoq darkor. Saraton (oʻlim yarasi) har qanday betoblikdan soʻng ham paydo boʻlishi mumkin. Buni koʻpchilik bedavo dard deb kelmoqdalar. Vale Alloh taolo dard beribdimi, uning davosini ham beradi», dedilar.

Saratonning har qanday turlarida men muolajani tajriba qilib koʻrdim. Juda ogʻir holatlarida, isteʼmol ham qildirdim. Vale surunkali buyrak kasalliklarining (hozirgi fanda plinevrit — G.H.) oʻn bir-oʻn ikki turida men shu muolajadan foydalandim.

1. Buyrak xaltachasining yaralanishi (yalligʻlanishi boʻlsa kerak G.H.). Bu betoblikda toshbaqa tuxumi belning buyrak sohasiga uqalab (massaj qilib) soʻng surtiladi.

2. Buyrak bezlarining yalligʻlanishida, agar toshbaqaning tuxumi topilmasa, uning oʻzini soʻyib, toshchalari maydalanib, shoʻrva qilib qaynatiladi, vale olti-etti soat qaynatilmogʻi lozim boʻladi. Shundan soʻng silta holatiga kelgandan keyin, tuzsiz pishirilgan toshchalar bel sohasiga bogʻlanadi, bu saraton boʻlib ketmasligini oldini oladi.

Bilaks tuxumdek foyda qilolmaydi, taʼbi tortsa, oʻlimdan qolmoq istasa Allohga tavakkal qilib, shifo uchun isteʼmol qilsa, yaxshi foyda beradi, vale tuzsiz isteʼmol qilsin.

3. Buyrak qotib qolgan yoki qurigan deb taxmin qilinsa, toshbaqaning tuxumini obdon surtish kerak, bir necha soatdan soʻng yana tuzsiz shoʻrvadan ichirib va yana tuxumdan surtish kerak boʻladi, bu Ipak yoʻlidan oʻtayotgan bir gurjistonlik savdogarga shu muolajani qilgan edik, oʻn bir kundin soʻng oʻz yurtiga karvon bilan ketdi.

Buyrak xastaliklarining oʻn bir-oʻn turida ham men toshbaqaning goʻshti, toshi, tuxumidan foydalandim.

Vale barchasini Alloh bilguvchidir.

Tayyorlovchi: Gulsum XOʻJAMShUKUROVA.

Al-Hakim at-Termiziyning “Sharhi ilmi at-tib al-Hakimiya” kitobi asosida

Foto: med-kvota.ru


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.