18 +  RSS  E-mail
12:58, 11 02 2019

MGIMO delegatsiyasi bilan uchrashuv


Tashqi ishlar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabar Abduvaxitovning mamlakatimizga Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) delegatsiyasiga boshchilik qilib kelgan mazkur oliy taʼlim muassasasining prorektori Artyom Malgin bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda bahorda Toshkent shahrida MGIMO bitiruvchilarining V Xalqaro forumini oʻtkazish va institut filialini ochish bilan bogʻliq amaliy jihatlar muhokama qilindi.

“Birgalikda kelajak sari” nomli MGIMO bitiruvchilarining Birinchi Umumjahon forumi 2013 yilda Boku shahrida oʻtkazilib, unda mazkur taʼlim muassasasining 25 davlatdan kelgan 400 ga yaqin bitiruvchilari ishtirok etgan. Umuman MGIMO Bitiruvchilari assotsiatsiyasi kontakt bazasi 50 mingta ismdan tashkil topgan.

Toshkent shahrida MGIMO filiali faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi, jumladan binoni taʼmirlash va oʻquv anjomlari bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

MGIMOning Toshkent filiali joriy yilning sentabr oyidan bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha toʻlaqonli faoliyat koʻrsata boshlashi rejalashtirilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Jamshid Mutalov olgan surat.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.