18 +  RSS  E-mail
13:12, 09 02 2019

Jizzaxda Biznes-inkubator ochildi


Har qanday hududning iqtisodiyotini muvaffaqiyatli rivojlantirishning asosiy yetakchi kuchi birinchi navbatda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir, yaniy, kichik va oʻrta biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirishdir.

Investitsion loyihalar platformasini tashkil etish va ularni moliyalashtirish sxemasiga ega boʻlgan uzoq muddatli strategik dastur yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish dasturini amalga oshirishga imkon beradi. Buning uchun yangi loyihalarni yaratib beradigan mexanizmni yaratish zarurdir. Oʻz navbatida, bu yangi loyihalar investitsiyalarni jalb qiladi, natijada yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi majlislar zalida Jizzax shahrida, Loyihalarni boshqarish milliy agentligi qoshidagi Jizzax shahrida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan biznes-inkubatorning ochilishi eʼlon qilindi.

Bu Loyihalarni boshqarish milliy agentligining Jizzax viloyatida “Ilgʻor hudud” yoshlar ijtimoiy rivojlanish dasturini ishlab chiqishga qaratilgan loyihalardan biridir.

Jizzax viloyat hokimligi, Loyihalarni boshqarish milliy agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda qator hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etilgan tadbirda yoshlarga innovatsion loyihalari, startaplarini rivojlantirish, moliyalashtirish yangi tashkil etilgan

biznes-inkubatorning imkoniyatlari va yosh tadbirkorlarga qulayliklari, yosh tadbirkorlarning investorlarni jalb etish uchun aynan nimalarga eʼtibor qaratishlari haqida keng tushunchalar berib oʻtildi.

Xabaringiz bor muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan Jizzzax viloyatida “Ilgʻor hudud” sinov loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihalarni boshqarish milliy agentligi rahbariyati tomonidan dasturni qoʻllab-quvvatlash strategiyasi ishlab chiqildi. Bu strategiyaning birinchi qadami Jizzaxda biznes-inkubatorni ochish boʻldi,-deydi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi qoshidagi ABu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes boshqaruv respublika oliy maktabi direktori Rustam Abduraupov.

Shuningdek tadbirda :

Moliyalashtirish manbayini qayyerdan topsa va oʻz loyihasiga investorni qanday qilib jalb etsa boʻladi;

Biznes-rejani qanday qilib toʻgʻri tayyorlash va loyiha boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni toʻgʻri xsoblash mumkin;

Oʻz mahsulotiga bozorni qaysi yoʻnalishda va qanday qilib toʻri jalb etish mumkin;

Oʻz mahsulotini sotish kanallarini qayyerdan topish mumkin va mahsulotlarning reklamasini, sotilishini toʻgʻri tashkil qilish mumkin degan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Biznes-inkubatorning asosiy maqsadi- Tadbirkor oʻz gʻoyasi bilan biznes-inkubatorga keladi va loyiha bosqichida uning maslahatchilari va mutahassislari bilan birgalikda oʻz gʻoyasi ustida ishlaydi. Loyiha shakllantirilgandan soʻng, biznes-reja ishlab chiqiladi, loyiha ekspirtizadan oʻtadi. Tanlov natijalarga koʻra eng yaxshi loyihalar tanlab olinadi va gʻolib chiqqan tadbirkor va Loyihalarni boshqarish milliy agentligi investitsion memorondumga imzo qoʻyadilar va sherik boʻladilar (har bir tomon loyihaga oʻzining maʼlum aktivini kiritadi) va birgalikda investitsion loyihani amalga oshiridilar.

Dastlabki bosqichda Loyihalarni boshqarish milliy agentligi qoshidagi biznes-inkubator yosh tadbirkorni biznesning toʻgʻri yoʻnalishiga yoʻnaltiribgina qolmay, unga moliyaviy yordam ham koʻrsatib, toʻliq hajmda qoʻllab-quvvatlashga tayyor. Eng asosiysi tadbirkorning loyiha boʻyicha barcha ehtimoli bor xatarlariga sherik boʻlishga tayyordir.

Yoshlarni rivojlantirish dasturini amalga oshirish boʻyicha taklif etilgan sxema viloyat yoshlarini nafaqat maksimal darajada qamrab olishga imkon beradi, balki samarali ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, yoshlarni kasbga oʻrgatish, oʻz loyihasini yaratishga yordam berish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkon beradi. 

Eslatib oʻtamiz Biznes-inkubator idorasining ochilishi 2019 yil 1 mart kuniga rejalashtirilgan.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali O’zbеkiston matbuot va axborot agеntligi tomonidan elеktron OAV sifatida 2018 yil 1 iyunda 1233-sonli guvohnoma bilan davlat ro’yxatidan otkazilgan.
Dadil.uz dagi materialning bevosita manziliga faol havola qilinib, xat boshida “DADIL.UZ xabar beradi” deb ko’rsatilgan taqdirda ushbu materiallardan qisman yoki toʻliq foydalanishga ruxsat etiladi.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.