18 +  RSS  E-mail
13:14, 09 02 2019

Hammasiga xalq aybdor-mi?


SVET OʻCHIB QOLSA — xalq aybdor, chunki ortiqcha lampochkalarni oʻchirib qoʻymaganligi uchun chekka hududlarga elektr energiyasi yetib bormayapti ekan (shuni oʻylab topish uchun oliy maʼlumot olgan ekan, 21 asr kashfiyoti bu!!!)…;

TRANSFORMATOR KUYIB QOLSA — xalq aybor, chunki konditsioner va shunga oʻxshash isitish tizimlarini ishlatgan boʻladi (ey noinsof, gaz, koʻmir boʻlmasa qishda sovuqdan oʻlib qolmaslik uchun ishlatganda, bundan tashqari isteʼmolni eʼtiborga olib undan kattaroq transformatorni qoʻyish haqida yoz faslida oʻylash kerak edi, qishda oyogʻi kuygan tovuqday zir yugurib xalqdan yashirinmay deydigan odam yoʻq)

GAZLANIB VAFOT ETSA — xalq aybdor, chunki gazdan oqilona foydalanmagan (sovuqda qotib qolmaslik uchun boshqa yoʻlini topolmay gaz yoqadida)…;

OʻZ HUQUQINI HIMOYA QILIB Respublika idoralariga murojaat qilsa — xalq yozuvchi, igʻvogar boʻlarkan, chunki mahalliy rahbarlarni mensimagan ekan (baraka topgur, seni idorang eshigida sargʻayib, bir emas bir necha marotaba murojaat qilsa-da, hatto shaxsan uchrashib, muammosini soʻramagansan-ku deydigan odam yoʻq)

INTERNETGA SHIKOYAT CHIQARSA — xalq aybdor, chunki murojaati oʻrinsiz (hudud miqyosida hal boʻlishi lozim narsa yuqoriga yoki internetga chiqib ketgani uchun — oʻsha talab oʻrinsiz ekanligini tushuntirib bera olmagani uchun ham rahbarlarning oʻzi aybdor deydigan odam yoʻq !!!)…;

TALABALAR KORIDORDA NAVBATGA TURSA — oʻzlari aybdor, chunki yetarlicha ball olmagan yoki yaxshi oʻqimagan boʻladi (baraka topgurlar, yuzlab talaba yaxshi oʻqimagan boʻlsa, tasodifan oʻqishga kirib qolganmi..?)

Hududlardagi kamchiliklarni, shu jumladan bozorlarni ham ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirsa yoki toʻgʻridan toʻgʻri rahbarlarga aytsa — xalqni noshukur deydiganlar ham chiqib qoldi. (“noinsoflar, boʻlmasa oʻz vazifangni sidqidildan bajarib qoʻygin” deydigan odam yoʻq)…;

GAIni videoga olsa — xalq aybdor, chunki xizmat qilishga xalaqit qilyapti…;

Bir-birini doʻpposlayotgan odamlarni videoga olsa, xalq aybdor — chunki erkakcha urushayotgan boʻlishadi. Baʼzi birlarning fikricha, 5-6 kishi bir kishini doʻpposlashi ham erkakchilik ekan. Urib oʻldirib qoʻysa-chi, yoki bir umrga majruh boʻlib qolsa??? Birovning bolasi, birovning turmush oʻrtogʻi, birovning otasi shu inson ham. (baraka topgurlar, erkakcha urushish — jamoat joylarida, odamlarni koʻz oʻngida boʻlmaydi. Kelisholmay qoldingmi, marhamat bitta sportzalga kir, perchatkani kiy… Sportzaldan chiqqin-da, bir biringa qoʻl berib yarashgin: mana bu erkakcha boʻladi)

Yana nimalarga xalqning oʻzi aybdor…?

Hurmatli xalqni qoralovchilar!!!

Mabodo, xalqdan boshqa hech kim aybdor emas-mi???

Agar, hammasi uchun xalq aybdor boʻladigan boʻlsa, unda marhamat qilib XALQ UCHUN XIZMAT QILISHingiz lozim boʻlgan AMALingizdan oʻz xoxishingiz bilan voz keching va KRESLOni boʻshatib qoʻying.

“YUZ FOIZ GARANTIYA — BIRONTA AMALDOR OʻZ XOHISHI BILAN ARIZA YOZIB ISHDAN KETMAYDI”, deydigan odam yoʻq-da!!!

Jamoatchilik Nazorati

“Antikorruptsiya”dan


© 2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali O’zbеkiston matbuot va axborot agеntligi tomonidan elеktron OAV sifatida 2018 yil 1 iyunda 1233-sonli guvohnoma bilan davlat ro’yxatidan otkazilgan.
Dadil.uz dagi materialning bevosita manziliga faol havola qilinib, xat boshida “DADIL.UZ xabar beradi” deb ko’rsatilgan taqdirda ushbu materiallardan qisman yoki toʻliq foydalanishga ruxsat etiladi.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.