18 +  RSS  E-mail
11:00, 08 02 2019

Sifatli davlat xizmatlari — aholi uchun


Chortoq tumani Boʻlon mahallasida yashovchi fuqaro Narzulla Tursunov turli ovoragarchilik va byurokratik toʻsiqlarga uchramasdan oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish hamda yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqini berish toʻgʻrisida tuman hokimini qarorini olgani uni xursand qildi.

Darhaqiqat, shu kabi minglab fuqarolar bugun Davlat xizmatlari agentligining Chortoq tumani markazi faoliyatidan mamnunligini koʻrasiz. Markaz xodimlarining davlat xizmatlari koʻrsatish tamoyilariga rioya etishi, har bir fuqaroni xushmuomalik va samimiylik bilan kutib olishi, fuqarolarga xizmat koʻrsatish tezkorlik bilan amalga oshirilayotganligiga guvoh boʻlasiz.

— Markaz faoliyatini boshlaganda atigi 16 ta davlat xizmatlari koʻrsatilar edi. Bugungi kelib bu xizmatlarning soni 66 taga yetdi, -deydi markaz rahbari v.v.b A.Rapiqov. — Markazimizda davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada oshirish, asosiysi fuqarolarimizga namunali, tezkor xizmat koʻrsatish ustuvor vazifamizdir.

Tahlillarga koʻra oʻtgan yilning oʻzida tumanda markaz tomonidan aholiga koʻrsatilgan davlat xizmatlari soni 14825 tadan oshdi. Buning 886 tasi bevosita 33 ta mahallalarda tashkil etilgan sayyor xizmatlarda amalga oshirildi.

Ayni kunlarda markaz uchun yangi, zamonaviy bino qurilmoqda. Albatta, foydalanishga topshiriladigan binoda aholi uchun yanada qulayliklar yaratiladi.

Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.