18 +  RSS  E-mail
10:36, 07 02 2019

Faol investitsiya — taraqqiyot omili


Faol investitsiya siyosati barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishishning eng muhim shartlaridan biridir. Shu bois davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2019 yil mamlakatimizda «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili», deb eʼlon qilindi. 

2019 yilgi Investitsiya dasturiga 16,6 milliard dollarlik 3 mingdan ziyod loyiha kiritilgan. Bu 2018 yilga nisbatan 16 foiz koʻpdir. Jumladan, joriy yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,2 milliard dollar boʻlgan 140 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Xorazm viloyati hokimligi (F.Ermanov) va Saudiya Arabistonning “Bashair Al Dawa” kompaniyasi (Albesher Mazen Abdulrahman) hamkorlik Memorandumini  imzolashdi. Oʻzaro hamkorlik natijasida investorlar viloyatimizga investitsiya kiritish evaziga onkologik va boshqa kasalliklarni davolovchi dori vositalarini ishlab chiqaruvchi zavod ochish taklifini bildirishdi. Bu loyixa viloyatimizda yangi ishchi oʻrinlari yaratilishiga zamin yaratadi.

Shunday yangi istiqbolli rejalar asosida investorlarni jalb qilish borasida viloyatda samarali loyihalar ustida ish olib borilmoqda.

(Maʼlumot uchun) Yaqinda viloyat hokimi F.Ermanov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Malayziya davlatida boʻlib, malayziyalik ishbilarmon doira vakillari bilan bir qancha loyixalarni amalga oshirishga kelishib olishgan edi. 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.