18 +  RSS  E-mail
10:32, 07 02 2019

Arnasoy tuman hokimi yoshlar bilan sayyor qabul oʻtkazdi


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Arnasoy tuman Kengashi va Oʻzbekiston yosh fermerlar Kengashi viloyat hududiy boʻlimi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yosh fermerlarning muammolarini aniqlash hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga moʻljallangan maxsus sayyor qabul” da muammolar atroflicha oʻrganildi va koʻpchiligi shu joyning oʻzida bartaraf etildi.

Sayyor qabulda Arnasoy tumani hokimi Jamoliddin Berdiboyev, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi raisi oʻrinbosari Xusan Abduniyazov, tuman hokimi oʻrinbosari Gʻulom Abduraximov hamda mutasaddi tuman tashkiloti rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda 70 dan ortiq yoshlar hamda yosh fermerlar ishtirok etdi. Yoshlarimiz tomonidan jami 22 ta murojaat boʻldi. Shulardan, 10 tasi yosh fermerlar tomonidan, 3 tasi uy-joy, 8 ta kredit olish va 1 ta uy-joy uchun yer maydoni olish masalasida murojaat qildi.

Ushbu masalalar yuzasidan tuman hokimi, yoshlar masalalari boʻyicha hokim oʻrinbosari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi Yosh fermerlar Kengashi hamda tuman Kengashining masʼul xodimlari tomonidan yetarlicha javob bergan holda, murojaat qilgan yoshlarning muammolarini shu joyning oʻzida hal qilinishiga erishildi. Shu bilan birga tuman hokimligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi 2019 yilda yoshlar masalalari boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan Yoʻl xaritasi tuzib olindi.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali O’zbеkiston matbuot va axborot agеntligi tomonidan elеktron OAV sifatida 2018 yil 1 iyunda 1233-sonli guvohnoma bilan davlat ro’yxatidan otkazilgan.
Dadil.uz dagi materialning bevosita manziliga faol havola qilinib, xat boshida “DADIL.UZ xabar beradi” deb ko’rsatilgan taqdirda ushbu materiallardan qisman yoki toʻliq foydalanishga ruxsat etiladi.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.