18 +  RSS  E-mail
10:40, 06 02 2019

Jizzaxda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish ishlari korxona tashkilotlarda jonlantirilmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi Qaroriga muvofiq barcha idora, korxona va tashkilotlarda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotlarini tuzish va ularni faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish vazifasi topshirilgan.

Bugungi kunda Jizzax viloyatida jami 1025 ta korxona, tashkilot va muassasalarda boshlangʻich tashkilotlar tashkil etilgan boʻlib, ushbu tashkilotlarda jami 35 000 nafardan ziyod yoshlar Yoshlar ittifoqi atrofida birlashgan.

Bugun shiddat bilan rivojlanib borayotgan globallashuv davrida yoshlar masalasi ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois respublika miqyosida taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlarda yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotlari tuzilgan.

Boshlangʻich tashkilotlar yoshlarni birlashtirib, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan muayyan saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda.

 Ammo, bu borada eʼtibor qaratilishi va amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar ham bor. Jumladan, ayrim korxona va tashkilotlarda yoshlarga, xususan, boshlangʻich tashkilotga birlashgan yosh xodimlarga eʼtibor masalasida sustkashlikka yoʻl qoʻyilmoqda. Boshlangʻich tashkilotlar nomigagina tuzilib, yoshlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan amaliy ish va aniq loyihalar tashkil etilmayapti.

 Aniqlangan muammo va yechimlarni inobatga olib, 2019 yil fevral oyi “Yoshlar ittifoqi tizimida korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlangʻich tashkilotlar faoliyatini samaradorligini oshirish oyligi” deb eʼlon qilindi.

Jizzax politexnika institutida boʻlib oʻtgan matbuot anjumani aynan shu masalalarga qaratildi.

 Hududiy hamda respublika ommaviy axborot vositalari hodimlari hamda Yoshlar ittifoqi tizimida korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlangʻich tashkilot yetakchilari ishtirok etdi.

Dastavval boshlangʻich tashkilotlar bilan ishlash boʻlim mudiri Elyor Norpoʻlatov ommaviy axborot vositalari xodimlariga “Yoshlar ittifoqi tizimida korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlangʻich tashkilotlar faoliyatini samaradorligini oshirish oyligi” doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida atroflicha axborot berib oʻtdi.

Oylik doirasida quyida tadbirlar va amaliy ishlar tashkil etiladi.

Tuman (shahar) Kengashlari tomonidan hududdagi korxona-tashkilot va muassasalardagi yoshlar uchun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faoliyati va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan targʻibot ishlari tashkil etish.

Tuman (shahar)lardagi korxona tashkilotlardagi boshlangʻich tashkilot yetakchilari tashabbuslarini inobatga olib taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlar yetakchilari bilan hamkorlikda oʻquvchi yoshlar uchun korxona-tashkilot, muassasalarda ochiq eshiklar kunlarini tashkil etish va yoshlarda ushbu tashkilotlarda ishlash istagini uygʻotish.

Yaqin hududdagi tuman (shahar) Kengashlari bilan boshlangʻich tashkilot yetakchilari va koordinatorlari oʻrtasida “Munozara”, “Zakovat” hamda sport tadbirlarini tashkil etish va oʻzaro tajriba almashish kunlarini oʻtkazish.

Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish, oʻz joniga qasd qilishni oldini olish mavzularida mutaxassislar ishtirokida jonli muloqotlar tashkil etish.

Korxona-tashkilot va muassasalari boshlangʻich tashkilotlari yetakchilari oʻrtasida Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosini taʼminlash yuzasidan amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrish.

Namunaviy faoliyat olib borgan boshlangʻich tashkilot yetakchilarini viloyat va tuman (shahar) hokimlari va Ittifoqning viloyat va tuman (shahar) Kengashlari tomonidan taqdirlash yuzasidan ishlarni amalga oshirish.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.