18 +  RSS  E-mail
10:33, 06 02 2019

AQSh harbiy dengiz kuchlari kreyseri va yuk kemalari mamlakatning sharqiy qirgʻogʻida toʻqnashdi


Zahirani toʻldirish jarayonida AQSh harbiy dengiz kuchlarining ikki kemasi toʻqnashdi. Hodisa AQShning sharqiy qirgʻogʻida roʻy bergan.

AQSh harbiy dengiz kuchlari matbuot xizmatining bildirishicha, bu Leyte Gulf raketa kreyseri va yuk tashuvchi Robert E. Peary kemasi bilan bogʻliq «kichik hodisa» edi. Kemalar orqa tomoni bilan toʻqnashgan, deb yozadi TASS.

Hodisa natijasida hech kimga ziyon yetmadi va kemalar oʻzlarining harbiy topshirigʻini davom ettirishdi. Mutaxassislar yuk kemasi portga qaytib kelgach, shikastlanish va zararni aniqlaydilar.

Toʻqnashgan kemalar samolyot tashuvchi Abraham Lincoln boshchiligidagi guruh bilan hamkorlikda harakat qilishgan. AQSh harbiy dengiz kuchlari qoʻmondoni bu voqeani tekshirishga vaʼda berdi.

Foto: nara.getarchive.net


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.