18 +  RSS  E-mail
12:08, 05 02 2019

Rossiyalik professor tomonidan umurtqa pogʻonasi kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlar bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi


Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning 7- 12 fevral kunlari Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridagi R.R.Vreden nomidagi travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish institutining umurtqa pogʻonasi kasalliklari va neyroxirurgiya boʻlimi boshligʻi, tibbiyot fanlari doktori,  professor,  Vladimir Dmitriyevich Usikov Samarqandga tashrif  buyuradi.

Tashrif davomida malakali shifokor V.Usikov tomonidan umurtqa pogʻonasi kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlar koʻrigi va zamonaviy jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladi.

Tibbiy koʻriklar viloyat nogironlar reabilitatsiya markazida bepul amalga oshiriladi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.