18 +  RSS  E-mail
11:24, 01 02 2019

«Majburiy korruptsiyaga» aloqador sanktsiyalar va ajralishlar


Korruptsiyaga qarshi kurash Milliy qoʻmitasining raisi Kirill Kabanov «Izvestiya»ga bergan interv’yusida Rossiya hukumati tomonidan korruptsiya boʻyicha qonunlarni “yumshatish” tayyorlanayotgani haqida aniq misollar keltirdi.

Yanvar oyining boshlarida maʼlum boʻlishicha, mansabdor shaxslarni «favqulodda holatlar tufayli» sodir etgan korruptsion jinoyatlarini jazolash toʻxtatilishi mumkin. «Korruptsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida»gi qonunga tegishli oʻzgartishlar Rossiya Adliya vazirligi  tomonidan Mehnat vazirligi, IIV bilan hamkorlikda, Bosh prokuratura va Tergov qoʻmitasi ishtirokida tayyorlanmoqda.

Sanktsiyali “sichqon tutish”

K.Kabanov davlat korporatsiyalarida manfaatlar toʻqnashuvi va korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha bir necha komissiyaning aʼzosi. Ekspert shaxsiy amaliyotidan bir nechta yangi misollarni keltirdi.

«Birinchi ish. Bizda muayyan mansabdor shaxs xorijiy moliyaviy mexanizm mavjudligi, yaʼni hisob raqamini deklaratsiya qiladi. Biz komissiyada: «Nega ular haligacha yopilmagan», deb soʻraymiz. Bunga javoban: «Men sanktsiyalar ostidaman, men jismonan mamlakatdan chiqib keta olmayman va chet eldagi hisob raqamlarini yopolmayman», deya mansabdor shaxslarning soʻzini keltiradi korruptsiyaga qarshi kurash milliy qoʻmitasi raisi K.Kabanov.

Uning soʻzlariga koʻra, qonunda bunday sanktsiya bilan bogʻliq holat hisobga olinmagan.

«Nima qilishimiz kerak? Biz unga uch oy ichida imkoniyat topib, chet eldagi hisob raqamini yopish kerakligini yozishimiz kerak. «Men advokatlar orqali masofadan turib yopolmayman», deydi mansabdor shaxs.

Uning soʻzlariga koʻra, bunday holatda mansabdor shaxs hisob raqamlarini yopishi yoki ishdan boʻshatilishi kerak.

Sevgidan nafratgacha

Shuningdek K.Kabanov ajralish holatida turgan, ammo ajrashmagan er-xotinlar haqida ham misol keltirdi.

Deklaratsiya davrida mansabdor shaxs ham, uning turmush oʻrtogʻi ham deklaratsiya taqdim qilishlari kerak. Va birdaniga turmush oʻrtogʻi taqdim etishni rad qiladi. Uning ichki tuygʻusini tushunish mumkin, u ajrashmoqda. Komissiya aʼzolari unga qoʻngʻiroq qilib: “Tushunasizmi, deklaratsiya taqdim qilmasangiz, eringiz ishdan boʻshatilishi mumkin”.

“Menga desa ishdan boʻshatishmaydimi”. Hech kim ayolni deklaratsiya topshirishga majbur qila olmaydi, deb taʼkidlaydi korruptsiyaga qarshi kurash Milliy qoʻmitasi raisi.

Shu bilan birga, mansabdor shaxs barcha mulkini deklaratsiya qildi, biroq uni lavozimidan boʻshatish uchun rasmiy asos mavjud, deb hisoblaydi K.Kabanov.

-Koʻpchilik ushbu vaziyatga duch kelishi mumkinligi aniq. Shunga koʻra, savol tugʻiladi. Bu yengib boʻlmas holatmi? Ha, bu toʻsiqni yengib oʻtib boʻlmaydi, — deya xulosa qildi ekspert.

Qonunning «teshiklari»

Bir qator ekspertlar hukumatning tashabbusiga shubha bilan qarashdi va Adliya vazirligining mansabdor shaxslarning javobgarlikdan qutilishi uchun maxsus “teshiklar” yaratib bermoqda, deb hisoblashadi.

«Bu bemaʼnilik. Chunki, avvalambor, barcha holatlar inobatga olinadi. Ikkinchidan, hatto Dumada ham bu muhokama qilinadi, lekin korruptsiyaga qarshi kurashish uchun yaratilgan umumiy strategiyaga tahdid tugʻdirmaydi», — deya xulosa qildi ekspert.

NAK rahbari agar ekspert ishi doirasida qonunda «teshiklar» aniqlansa, ekspertlar bu haqda ommaga eʼlon qilishadi.

Yanvar oyining boshida “Sberbank” prezidenti German Gref raqamlashtirish Rossiyada korruptsiyaga qarshi kurashning yagona yoʻli ekanligini taʼkidlagandi. Uning fikriga koʻra, faqatgina «raqamlashtirishga kiritilgan shaffof faoliyatda har qanday mansabdor shaxsning qarori ekspertlar hamjamiyati tomonidan tahlil qilinishi mumkin boʻlganida”, korruptsiyani yoʻq qilishga imkon beradi.

Foto: iz.ru


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.