18 +  RSS  E-mail
11:22, 01 02 2019

Italiyada pensiya yoshini kamaytirishdi


Italiya prezidenti Serdjo Mattarella mamlakatda pensiya islohoti boʻyicha qonunni imzoladi, deya xabar beradi ANSA agentligi.

Qonun loyihasi yanvar oyi oʻrtalarida parlament tomonidan qabul qilindi. Qonunga koʻra, “100 kvotasi” Italiya pensiya tizimiga kiritilgan. Bu pensiyaga chiqish davrini quyidagi formula bilan belgilashni anglatadi: fuqaroning yoshi va uning ish staji. Xullas, bu ikki koʻrsatkich 100 ga teng boʻlishi kerak.

Shuni taʼkidlash kerakki, eng kam pensiya yoshi 62 yilni tashkil etadi, bu holatda ish staji kamida 38 yil boʻlishi kerak. Ilgarigi qoidalarga koʻra, italiyaliklarning aksariyati 67 yoshda pensiyaga chiqa olardi.

Shuningdek qonunda kam taʼminlanganlarga oyiga 780 yevro miqdorida ijtimoiy toʻlovlar toʻlashni joriy etishni nazarda tutilgan. Bu shartli (yoki eng kam) daromad deb hisoblanmasligi, boshqa Yevropa mamlakatlaridanidek aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chorasidir, deb taʼkidlaydi agentlik.

Bosh vazir oʻrinbosari, Mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri Luidji Di Mayo ushbu qonunni qabul qilinishi Italiyada «umumfarovonlik davlati» ni qurish yoʻlidagi qadam, deb atadi.

Foto: lenta.ru


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.