18 +  RSS  E-mail
16:08, 29 01 2019

Lavrov: AQSh Venesueladagi hukumatni ochiqdan-ochiq agʻdarish yo’lini tanladi


Amerika Qoʻshma Shtatlari va uning ittifoqchilari Venesuelada qonuniy saylangan hukumatni agʻdarishning ochiq yoʻlini tanlashmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov eʼlon qildi.

Vazir soʻzlariga koʻra, AQSh va uning eng yaqin ittifoqchilari “Venesuelaga nisbatan xalqaro huquqning barcha meʼyorlarini qoʻpol ravishda buzmoqda” va aslida “bu mamlakatda qonuniy hokimiyatni agʻdarish uchun ochiq yoʻlni tanladilar”. Ular Venesueladagi inqirozni hal etishda xalqaro yordam berilmasligi uchun jiddiy toʻsiqlarni yaratmoqda.

Vazir taʼkidlaganidek, Venesuela muxolifati Amerika hukumatidan koʻrsatmalar olib, «Karakas hukumati hokimiyatdan voz kechmaguncha yon bosmaslikka harakat qilmoqda.

«Oddiygina qilib aytganda, Amerika Qoʻshma Shtatlari noqonuniy ravishda hukumatni agʻdarish yoʻlidan yurishni boshlaganini tushunamiz», dedi u. Bundan tashqari, Karakasga qarshi sanktsiyalar dollar yetakchiligidagi xalqaro pul tizimiga «soʻnggi ishonch»ni soʻndiradi.

«Rossiya xalqaro hamjamiyatning boshqa masʼul aʼzolari bilan birgalikda Venesuela Konstitutsiyasi va inqirozni bartaraf etishning konstitutsiyaviy yoʻlini,  prezident Nikolas Maduroning qonuniy hukumatini qoʻllab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi», dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Muxolifat rahbari Xuan Guaydo Oliy Sud tomonidan parlament spikeri lavozimiga tayinlanganligi bekor qilinganidan soʻng 23 yanvarda oʻzini Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi deb eʼlon qildi. Nikolas Maduro uni «davlat toʻntarishiga urinish» deb atadi va Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan diplomatik aloqalar toʻxtatilishini maʼlum qildi.

Hozirgi vaqtda baʼzi davlatlar Xuan Guaydoni Venesuelaning muvaqqat prezidenti deb tan olishgan. Ushbu mamlakatlar orasida «Lima guruhi» (Argentina, Braziliya, Kanada, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay, Peru). Butun guruh aʼzolaridan faqatgina Meksika Guaydoni tan olishdan bosh tortdi. Bundan tashqari, muxolifat yetakchisini Albaniya, Gruziya, AQSh, Shveytsariya va Amerika davlatlari tashkiloti tan oldi.

Rossiya, Boliviya, Eron, Kuba, Nikaragua, Sal’vador va Turkiya Maduroni qoʻllab-quvvatladi. Belarus va Xitoy qarama-qarshiliklarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilishga chaqirdi.

Foto: Vitaliy Belousov / RIA Novosti


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.