18 +  RSS  E-mail
13:34, 28 01 2019

Xalq qabulxonalariga Cobalt avtomobillari topshirildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shahar va tuman Xalq qabulxonalariga Cobalt avtomashinalari topshirildi.

Tadbirda Fargʻona viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Akmalxon Ortiqov, viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Robiyaxon Mahmudova, Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Raʼno Boyqoʻziyeva, prokuratura, ichki ishlar hamda soliq idoralari xodimlari qatnashdi.

Viloyatda ayni paytda 4 ta shahar va 15 ta tuman Xalq qabulxonasi aholiga samarali xizmat koʻrsatmoqda. Oʻtgan davr davomida ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Shahar va tuman Xalq qabulxonalariga Cobalt avtomobillari topshirilishi ham sohaga qaratilayotgan doimiy eʼtibor ifodasi boʻldi.

— Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident farmoni bilan Xalq qabulxonalariga qoʻshimcha huquq va vazifalar yuklandi, — deydi viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Robiyaxon Mahmudova. — 2019 yil 1 fevraldan Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlaydi va hal qiladi. Zamonaviy xizmat avtomashinalari chekka qishloqlarda ham aholiga sifatli xizmat koʻrsatish imkonini beradi.

Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.