18 +  RSS  E-mail
13:33, 28 01 2019

2019 yilda Samarqandda 70 dan ziyod oilaviy mehmon-uyi ochiladi


Samarqand viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabariga koʻra, departamentning turizm faoliyatini litsenziyalashtirish  shoʻʼbasi xodimlari tomonidan Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasi va Registon maydoniga yaqin hududda koʻchmas mulkka ega boʻlgan oʻndan ziyod tadbirkorga uy mehmonxonalar ochish uchun amaliy koʻmak berildi.

Bugungi kunda Samarqand shahrida 220 kishiga moʻljallangan 25 ta mehmon-uyi mavjud. 2019 yilda Samarqand viloyatida 70 dan ziyod yangi oilaviy mehmon-uyi ochilishi rejalashtirilgan.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.