18 +  RSS  E-mail
15:43, 25 01 2019

Jizzaxda sud raislari brifing oʻtkazdi


Jizzax viloyat teleradiokompaniyasida, jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax viloyat sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax viloyat sudi hamda Jizzax viloyat maʼmuriy va iqtisodiy sudlarining raislari soha faoliyati boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan brifing oʻtkazdi.

Tadbir davomida, jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax viloyat sudi raisi E.Xodjakulov, fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax viloyat sudi raisi A.Shukurov, Jizzax viloyat maʼmuriy sudining raisi A.Mamarahimov hamda Jizzax viloyat iqtisodiy sudining raisi D.Mahamatovlar 2018 yilda viloyat sudlari tomonidan odil sudlovni, jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini sud orqali himoyalash hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda amalga oshirilgan ishlari boʻyicha axborot berishdi.

Xususan, jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax viloyat sudi oʻtgan yil davomida 2018 yil davomida jami 1.966 nafar shaxsga nisbatan 1.563 ta jinoyat ishi koʻrib tamomlangan boʻlib, shundan 717 tasi yoki 45,9 foiz ishlar sayyor sud majlislarida koʻrilganligi, sudlar tomonidan 232 ta sayyor qabullar oʻtkazilganligi, viloyat sudining barcha instantsiyalarida 45 nafar shaxs 37 ta jinoyat ishi yuzasidan oqlanganligi, 327 nafar shaxsga nisbatan 229 ta jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov organi tomonidan qoʻyilgan ayblovlar sud majlisida oʻz tasdigʻini topmaganligi sababli chiqarilganligi, 148 nafar shaxslar 115 ta jinoyat ishi yuzasidan sud zalidan ozod qilinganligi, 1261 nafar mahkumlar muddatidan ilgari jazodan ozod qilinganligi, 532 nafar mahkumlarga nisbatan ogʻirroq jazo yengilrogʻi bilan almashtirilgan,jami 79 nafar shaxslarga nisbatan jamoat tashkilotlarining kafilligi asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanganligi, viloyatda umumiy koʻrib tamomlangan jinoyat ishlari soni 22,8 foizga kamayganligi taʼkidlandi.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.