18 +  RSS  E-mail
8:51, 21 01 2019

Shavkat Mirziyoyev: Qancha koʻp bilimli boʻlsak, shuncha qudratli boʻlamiz


Germaniyada oʻqiyotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh oʻzbekistonlik yoshlar Berlin shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib oldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida samimiy suhbat boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari vatandoshlarimizning oʻqish va ishlari, orzu-istaklari bilan qiziqdi.

— Rivojlangan davlatlar barcha sohalarga ilmiy yondashib natijaga erishgan. Biz ham juda katta izlanishdamiz. Butun harakatlarimiz dunyo bilan teng boʻlishga, xalqimizga munosib hayot yaratishga qaratilgan. Islohotlarni sizdek ilgʻor yoshlar bilan birga amalga oshiramiz. Hamma oʻrgangan bilim, “nou-xau”laringni Oʻzbekistonning har bir sohasi intiqlik bilan kutyapti. Qancha koʻp bilimli boʻlsak, shuncha qudratli boʻlamiz,- dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident yoshlarni oʻqish va izlanishlarini muvaffaqiyatli tugatib, bilim va tajribalarini mamlakatimiz rivojiga yoʻnaltirishga taklif etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.