18 +  RSS  E-mail
15:57, 21 01 2019

Chet el OAVlari Buxoroda birinchi bor tashkil etilayotgan Xalqaro ziyorat turizmi forumi haqida


Joriy yilning 21-23-fevral kunlari Buxoroda boʻlib oʻtadigan Ziyorat turizmi bo’yicha birinchi xalqaro forum chet el ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritilmoqda.

Xususan, ingliz tilida chop etiladigan “Daily Outlook Afghanistan” (№4074) gazetasi “International forum on ziyorat-tourism to be held in Uzbekistan” (Oʻzbekistonda Ziyorat turizmiga bagʻishlangan xalqaro forum boʻlib oʻtadi) sarlavhali maqola eʼlon qildi.

Maʼlumot uchun: “Kunlik Daily Outlook Afghanistan” gazetasi 2004 yil tashkil etilgan Afgʻonistonning kunlik ingliz tilidagi nashri hisoblanadi. Butun mamlakat boʻylab ommalashgan, rasmiy veb-sayti muntazam yangilanadigan va barcha yetakchi ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar mavjud gazetadir.

Shuningdek, “Anadolu” axborot agentligi rasmiy veb-saytining rus tilidagi sahifasida xalqaro forum haqida maqola e’lon qildi.

Eslatib oʻtamiz, tashkil etilayotgan xalqaro forumdan koʻzlangan maqsad: Ziyorat turizmini rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ushbu sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish va Oʻzbekistonni dunyodagi eng katta ziyorat sayyohlik markazlaridan biri sifatida namoyon etish hamda yurtimizda “Halol” jahon standartlarini mamlakatimizda joriy qilishdir.

Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.