18 +  RSS  E-mail
8:32, 19 01 2019

Ronaldu 22 yanvarda sud oldida javob beradi


«Yuventus» futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliq toʻlashdan boʻyin tovlaganlikda ayblanib, 22 yanvar kuni Madrid sudi oldida javob beradi. Bu haqda «Mirror» gazetasi xabar bermoqda.

Taʼkidlash joizki, «Real»ning yoshlar futbol guruhi murabbiyi Xabi Alonso ham soliq toʻlashdan boʻyin tovlash bilan ayblanmoqda. Bundan tashqari, Ronaldu Ispaniya hukumati bilan kelishuvga erishganligi va 19 million yevro toʻlash niyati borligi maʼlum boʻldi. Bundan tashqari, u shartli ravishda ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Ronaldu 2011 yildan 2014 yilga qadar 14,7 million yevro miqdorida soliq toʻlashdan boʻyin tovlashda ayblangan. Ayblov organi portugaliyalik futbolchi ayrim kompaniyalar yordamida daromadlarini yashirgan, deb xulosaga keldi.

7 dekabrda kolumbiyalik qoʻshiqchi Shakiraga ham shu kabi ayblovlar qoʻyildi. U 2012 yildan 2014 yilgacha Ispaniyada 14,5 million yevro miqdorida soliq toʻlashdan boʻyin tovlaganligi taʼkidlanadi. Qirollik soliq xizmati surishtiruv oʻtkazgandan keyin ushbu xulosaga kelgan. Aktrisa 2012 yildan buyon Ispaniyada yashagan, faqatgina vaqti-vaqti bilan chet elga sayohat qilgan. Shuning uchun aktrisa ushbu mamlakat rezidenti hisoblanadi.

Foto: TASS/PA Images/Martin Rickett


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.