18 +  RSS  E-mail
15:08, 18 01 2019

Frantsiyaning “Gruau” kompaniyasi Oʻzbekistonda transport vositalarini modifikatsiyalash boʻyicha ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi


Jizzax viloyati delegatsiyasining Frantsiyaga qilgan tashrifi davomida “Gruau” kompaniyasining xalqaro biznesni rivojlantirish boʻyicha vitse-prezidenti Sil’ven Sene bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston hududida transport vositalarini modifikatsiya qilish boʻyicha ishlab chiqarishni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

“Gruau” kompaniyasi 1889 yilda tashkil etilgan boʻlib, 3,5 tonnadan oshmagan transport vositalarini jihozlash boʻyicha Yevropa yetakchisi hisoblanadi.

“Gruau”ning  bugungi  kunda 18 filialida 1500 ishchisi va 20 transport vositalarini modifikatsiya qilishga moʻljallangan ishlab chiqarish liniyalari mavjud.

Bosh ofisi Frantsiyaning  Laval shahrida joylashgan. Modifikatsiyaning  asosiy ishlariga  tez yordam, ogʻir yuk avtomobillari, nogironlar aravachalari kiradigan transport vositalar, mikroavtobuslar, huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar uchun moʻljallangan transport vositalar, harorati boshqariladigan avtomashinamalar  minivenlari kiradi.

“Gruau”ning vitse-prezidenti Oʻzbekistonni Rossiya, Hindiston, Xitoy va  Yevropa  oʻrtasidagi strategik ahamiyatga ega joylashuvini taʼkidlab, uning kompaniyasi Oʻzbekistonni transport vositalarini jihozlash boʻyicha zavodni barpo etish uchun istiqbolli hudud sifatida koʻrayotganligini aytdi.

Bundan tashqari, “Gruau”ning oʻtkazgan tadqiqotiga muvofiq, Oʻzbekistonda transport vositalarining “transformatsiyasi” boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjud.

Kelgusida kompaniya boshqa mahalliy transport vositalarini ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirishni hamda Markaziy Osiyo bozoriga chiqishni rejalashtirirmoqda.

Uchrashuv davomida “Gruau” kompaniyasi rahbariyatining Oʻzbekistonga, xususan Jizzax viloyatiga transport vositalarining modifikatsiyalash boʻyicha ishlab chiqarish liniyasini tashkil etish uchun “Jizzax” EIZda joriy etilgan sharoitlar va imtiyozlar bilan tanishish uchun tashrif buyurishi toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.