18 +  RSS  E-mail
7:21, 17 01 2019

Sevib, sevilib


Yurishdan toʻxtamas vaqtning oyogʻi,

Sinab keladi baxt avval sabotda.

Desang, yolgʻizlikda oʻtmasin umrim,

Sevib, sevilib sen, yasha hayotda!

Yoʻlingda qoqilsang, turishni oʻrgan,

Aldansang, hushyorlik daʼvati yodda.

Muhabbat oʻtkinchi mehmon boʻlmasin,

Sevib, sevilib sen, yasha hayotda!

Sodiq hamroh bilgin mehru-ishonchni,

Quvvating kuchayar bir eʼtiqodda.

Yolgʻonga suyanma, muz togʻi erur,

Sevib, sevilib sen, yasha hayotda!

Vafoda muqarrar mehrning kuchi,

Hayot yashnagaydur chin muhabbatla.

Xiyonat nomini oʻchirib tashla,

Sevib, sevilib sen, yasha hayotda!

Muhabbat — afsona, desalar, shoshma,

Hayotning javobi boʻlar albatta!

Aldashar, avrashar — sinovli dunyo,

Sevib, sevilib sen, yasha hayotda!

Bahodir OTASH

“Oqibatlilar”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.