18 +  RSS  E-mail
15:02, 17 01 2019

“Brexit”ning jonli tamgʻasi. Tereza Mey yana ozgina qiynalishiga toʻgʻri keladi


Britaniya parlamenti aʼzolari Bosh vazir Tereza Meyga ishonchsizlik votumini chiqara olmadilar. Garchi Bosh vazir nima qilsa ham, uning harakatlari parlament aʼzolariga yoqmaydi. Nima uchun uni bu lavozimda qoldirishdi?

Vaqt oʻtyapti, “Brexit” rejalari taklif etiladi va rad etiladi, lekin ilgarigidek hali hech nima sodir boʻlmayapti. Yevropa Ittifoqidan chiqish kuni yaqinlashib kelayotganiga qaramay, Britaniya kelajagida aniqlik yoʻq.

Tereza Meyning Yevropa Ittifoqidan chiqish rejasi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, mantiqan u isteʼfoga chiqishi mumkin edi. Uning oʻzi ham, opponenti Jeremi Korbin ham parlamentning hukumatga ishonch yoki ishonchsizlik masalasini hal qilishni talab qilishgandi.

Koʻrinib turibdiki, parlament aʼzolarining koʻpchiligi faqat Bosh vazir tomonidan taklif etilgan rejani yoqtirmayapti, Tereza Mey esa boʻladi. 325 nafar deputat Bosh vazirga ishonch bildirdi, 306 nafari esa u lavozimini tark etishini yoqlab ovoz berishdi.

Bosh vazir Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqidan chiqish ishlarini davom ettirishga vaʼda berdi, ammo bu qanday amalga oshirilishi kerakligini hech kim tushunmaydi.

J.Korbin har qanday sharoitda  ham bitim tuzmasdan chiqib ketmasligni talab qilmoqda. Shu bilan birga, Tereza Mey taklif qilgan bitim Bryusselda tasdiqlangan, ammo Londondagi koʻpchilik tomonidan yoqlanmagan. Uni lavozimini tark etishga ham qoʻyishmayati. Bu tuzoqqa tushgan Tereza Mey nima qilishi kerak?

Hozir har qanday harakat zarar keltiradigan koʻrinadi. Umuman olganda, inglizlar uchun ijobiy rivojlanishni tasavvur qilish qiyin — asosiy iqtisodiy hamkorlar bilan aloqalarni uzish biznes uchun oson emas. Qachonki bu iqtisodiy tushuknlik sezilib qolsa, bu tartibsizlikni boshlagan Devid Kemeron yoki parlament aʼzolari xalqqa javob bermaydi. Hamma norozilik hozirgi Bosh vazirga qaratiladi, chunki u YeI bilan savdolasha olmadi va hammaga mos keladigan yoʻlni taklif qilmadi.

Bunday sharoitda boshqa siyosatchilar “Brexit” tamgʻasini qoʻyib yubormaydilar. Oʻzlari javobgarlikdan xalos boʻlish uchun Bosh vazir kerak. Va keyin siyosiy vaziyat oʻzgarganda, uni tanqid qilish  mumkin.

Mariya BALYABINA

“Sputnik” radiosi sharhlovchisi

Foto: REUTERS / Henry Nicholls


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.