18 +  RSS  E-mail
15:48, 12 01 2019

Olimlar saraton kasalligining yettita asosiy alomatini aniqlashdi


Londondagi Makmillan onkologik markazi tadqiqotchilari saraton kasalligining bir nechta belgilarni sanab oʻtishdi. Bu alomatlar darhol tibbiy yordam olish uchun  shifokorga murojaat qilishga sabab boʻladi.

Tanada xavfli jarayonlar paydo boʻlishi mumkin boʻlgan alomatlar orasida ichak va siydik yoʻllari faoliyatida oʻzgarish boʻlishi yoki “tushunarsiz» qon ketishi, koʻkrak qafasi yoki boshqa joyi qalinlashishi, yutishda qiyinchilik, tabiiy holning rangi va hajmi oʻzgarishi, ogʻriqli ogʻir yoʻtal, shuningdek uzoq vaqtdan buyon bitmagan yara.

Buyuk Britaniyalik shifokorlarning fikriga koʻra, saraton kasalligi rivojlanishining oʻnta hodisadan toʻrttasini oʻz vaqtida tashxis qoʻyish orqali oldini olish mumkin.

Bundan tashqari, Amerika saraton kasalligi jamiyati mutaxassislarining taʼkidlashicha, saraton kasalligining taxminan 40 foizi yomon odatlar (ayniqsa, chekish) va notoʻgʻri ovqatlanish bilan bogʻliq. Shuningdek, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish, ulьtrabinafsha nur va jismoniy faollik pastligi sogʻliqqa salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Oksana GRIBANOVA

Foto: RIA Novosti/Yuriy Strelets


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.