18 +  RSS  E-mail
15:23, 08 01 2019

Suyaklarni yemiradigan mazali ichimlik. Lekin biz uni farzandlarimizga beramiz…


Agar sogʻlikka zararli mahsulotlardan spirtli va gazlangan ichimliklar solishtirilsa, ikkinchisi aroq mahsuloti bilan muvaffaqiyatli raqobat qilishi mumkin. Koʻpgina hollarda mazali gazlangan ichimlikni isteʼmol qilishdan keladigan zarar tanadagi qand miqdorining oshishi bilan cheklanadi.

Ammo, gazlangan suvdan tez-tez foydalanishning oqibatlaridan biri — zanjir singari koʻplab boshqa muammolarni keltirib chiqarishidir. Bu qon bosimi oshishi, tanada yogʻ qatlami sezilarli darajada paydo boʻlishi, qandli diabet kasalligining rivojlanishi, tishlar yemirilishi bilan bogʻliq.

Biroq, bu juda taʼsirli roʻyxat barcha salbiy omillarni qamrab olmaydi.

Gazlangan ichimliklar tarkibida fosfor kislotaning yuqori miqdorda boʻlishi tanadagi kal’tsiy, rux va magniyni tezda yuvib chiqarishiga sabab boʻladi. Ichimlikni qilgach, bir soatdan keyin tanada ushbu foydali elementlar taqchilligi yuzaga keladi.

Oʻrta hisobda shaharda yashovchi aholi orasida shundoq ham ushbu elementlar yetishmovchiligi boʻlgan bir sharoitda bu katta yoʻqotishdir.

Bunday tajribalar natijasida inson tanasida modda almashinuvi sekinlashadi va suyaklar moʻrtligi oshadi. Ayniqsa, vujudi endigina rivojlanish jarayonida boʻlgan bolalar uchun bu juda xavflidir.

Ota-onalar farzandlarining xarxashalariga yon berishdan oldin mazali, ammo xavfli salqin ichimlik haqida ming marta oʻylab koʻrishlari lozim.

Farzandlarimizga tabiiy sharbatlar bergan afzal.

Foto: birth-info.ru


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.