18 +  RSS  E-mail
14:09, 02 01 2019

Tanani toksinlardan qanday tozalash kerak?


Barchaga maʼlumki, hayot faoliyati jarayonida bizning tanamizda, ayniqsa ichaklarda toksinlar va chiqarilmagan parchalanish mahsulotlari toʻplanib, sogʻliqning umumiy ahvolini yomonlashtiradi va sogʻliq bilan bogʻliq koʻplab muammolarga sabab boʻladi.

Muntazam ravishda bir oylik kurs oʻtkazib, kletchatkalar (bugʻdoy, qovoq, joʻxori, grechka)  yordamida ichaklar tozalanadi. Kuniga ikki marta ovqatdan 30 daqiqa oldin 2 ta osh qoshiqdan.

Kundalik mahsulotlaringizda yirik donali tolalar manbalari: bugʻdoy, kepak, zigʻir urugʻlari, dukkakli ekinlar, yangi sabzavotlar, ayniqsa, karam, qovoq va bargli yashil oʻsimliklar, bugʻdoy non, yongʻoqlar boʻlishi lozim.

Kuniga 2 litr toza suv ichish lozim.

Ichak peristal’tikasini kuchaytiradigan va ichakni tozalaydigan biologik faol qoʻshilmalardan foydalanish mumkin.

Haftada bir kun faqat bir xil ovqatdan foydalaning. Masalan, kuniga 1,5 litr qatiq, suv va oʻsimlik choy damlalamasi yoki 400 gramm qaynatilgan baliq filesi (tuzsiz), naʼmatak damlamasi va suv.

Saunadan muntazam foydalanganda, ter bilan tanadan toksinlar chiqadi.

Yiliga ikki marta maydalangan rastoropsha qabul qiling. Bu oʻsimlik butun meʼda-ichak yoʻlining faoliyatini meʼyorlaydi va jigarning detoksifikatsiya funktsiyasini faol ravishda yangilab, hujayralarni tiklaydi.

Фото: oherpese.ru


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.