18 +  RSS  E-mail
14:12, 02 01 2019

Rossiyada Tezkor toʻlovlar tizimi ishlay boshladi


2019 yil 1 yanvardan Rossiyada Tezkor toʻlovlar tizimi (TTT) ish boshladi. Shuningdek, yangi xizmat doirasida toʻlovlarni amalga oshirish tartibi oʻrnatildi.

Tizim Rossiya aholisi uchun foydali boʻladi. Shunday qilib, kunning istalgan vaqtida, agar joʻnatuvchi va qabul qiluvchining hisob raqamlari turli banklarda boʻlsa ham, jismoniy shaxslar mobil telefon raqamidan pul oʻtkazish imkoniga ega.

Kelajakda TTT xizmatlarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Yuridik shaxslarga va davlat organlariga toʻlovlarni ham amalga oshirish mumkin boʻladi.

TTT orqali toʻlovlar real vaqt rejimida dam olish va bayram kunlari ham amalga oshiriladi.

Foto: regnum.ru


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.