18 +  RSS  E-mail
14:15, 02 01 2019

Korruptsionerlardan musodara qilingan pul mablagʻlari pensionerlarga beriladi


Rossiya Federatsiyasida korruptsioner mansabdor shaxslarning pul mablagʻlari va mol-mulklarini musodara qilishdan tushgan pul mablagʻlarini pensiya tizimiga oʻtkazish belgilangan yangi qonun kuchga kirdi.

Qonunga koʻra, Rossiya pensiya jamgʻarmasining daromad manbalari boʻyicha yangi meʼyor joriy yil boshidan kiritildi.

Pensiyalarni indeksatsiya qilish boʻyicha barcha tayyorgarlik ishlari tugallandi. Bu haqda Bosh vazir Dmitriy Medvedevga axborot berildi.

2019 yil 1 yanvardan boshlab ishlamaydigan pensionerlarga qarilik boʻyicha pensiya sugʻurtasi indeksatsiyasi 7,05 foizni tashkil etadi. Shunday qilib, toʻlovlarning oʻrtacha hajmi bir ming rublga oshiriladi. Shu bilan birga, har bir shaxs uchun kelgusi pensiya miqdorining aniq miqdori tavsiflangan joriy qiymatdan kelib chiqib hisoblanadi, deb tushuntirish berdi RPJ.

Masalan, Komi respublikasida,  indeksatsiyadan keyin qarilik boʻyicha pensiya sugʻurtasi oʻrtacha miqdori 19 ming 722,63 rublni tashkil etadi.

Foto: bnkomi.ru


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.