18 +  RSS  E-mail
17:36, 30 12 2018

Gʻarb Rossiyaning «Avangardi»ga qarshilik koʻrsatishga qodir emas


Gʻarb Rossiyaning gipertovushli “Avangard”  raketa tizimiga qarshi tura olmaydi. Endi bu haqda Germaniya aviatsiya va kosmik markazidagilar maʼlum qildi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, bunday jangovar tizimlarga qarshi kurashish vositalarini yaratish boʻyicha tadqiqotlar davom etmoqda, ammo hozirgacha hech qanday natija yoʻq. Ilgari buni Vashington tan olgandi, deb «Rossiya 24» telekanali eslatmoqda.

Avvalroq Prezident Vladimir Putin “Avangard” sinovlari muvaffaqiyatli yakunlaganini eʼlon qilgandi. Turli taxminlarga koʻra, ushbu murakkab raketa tizimini yaratgan rossiyalik olimlar dunyo mamlakatlaridan yigirma yil oldinga oʻzib ketdi.

Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining mudofaa-sanoat majmuasi boʻyicha oʻrinbosari Yuriy Borisovning taʼkidlashicha, “Avangard” dushmanning raketa mudofaasini deyarli nolga chiqaradi, chunki keyingi daqiqada raketaning qayerda paydo boʻlishini oldindan aytib boʻlmaydi. «Yaqinda oʻtkazilgan sinovlarda u 30 Maxga yaqin tezlikni koʻrsatdi», — deydi Yu.Borisov.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.