18 +  RSS  E-mail
8:53, 15 12 2018

Mutaxassislar: 5G smartfonlari yangi iPhone dan qimmat boʻlishi mumkin


5G smartfonlarining narxi Apple ning yangi iPhone narxidan oshishi mumkin, bu tijorat salohiyatining yoʻqligi bilan bogʻliq. Ikki yildan keyin yangi tarmoqlarda ishlovchi qurilmalarning narxi ancha pasayadi.

5G tarmogʻida ishlaydigan smartfonlar kelgusi yilning birinchi yarmida jahon bozorida paydo boʻlishi mumkin. Asosiy foydalanuvchilarni ushbu formatga mos mobil qurilmalarning narxi tashvishlantiradi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, 5G tarmogʻiga moslashgan mahsulotlar  narxi 750 dan 1455 AQSh dollargacha boʻladi.

Maʼlumotlarga koʻra, Xitoyda 5G smartfon narxi 5 mingdan 10 ming yuangacha (727 dollardan 1454 ming dollargacha) boʻlishi mumkin.

Boshqa manbalardan olingan maʼlumotlarga koʻra, 5G tarmogʻida ishlaydigan smartfonlarga 8000 yuan (1163 ming AQSh dollari) taklif etiladi. Tahlilchilar taʼkidlashicha, 2020 yilga borib bunday mahsulotlarning qiymati asta-sekin 1 ming yuangacha (145 AQSh dollari) pasayishi mumkin.

5G, smartfon


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.