18 +  RSS  E-mail
8:51, 15 12 2018

Amerikalik yarim asr ilgari yoʻqotgan otasining suyagini oʻz uyidan topdi


Long-Aylendda yashovchi Mayk Kerroll 50 yildan ziyod vaqtdan beri yoʻqolgan otasining suyagini uyining yertoʻlasidan topdi. Bu haqda New York Post xabar berdi.

Foto: fotolia / mario beauregard

Hokimiyat maʼmurlari maʼlumotlariga koʻra, DNK testi suyak qoldiqlari Jorj Kerrollga tegishli ekanligini tasdiqladi. U 1961 yilda oʻgʻli sakkiz oylik boʻlganida yoʻqolgan. Mayk ulgʻaygach, otasini topishga qaror qildi va ruhshunosga murojaat qildi. Ruhshunos tanani uy yertoʻlasidan qidirishni maslahat berdi.

“Ruhshunos soʻzlariga koʻra, otamning boshiga qattiq jism bilan zarba berilganidan halok boʻlgan va tiriklayin koʻmilgan”, deydi M.Kerroll.

Politsiya darhaqiqat Maykning otasi bosh miya jarohati tufayli oʻlganini tasdiqladi.

Hozirgi vaqtda Jorjning oʻlimi qotillik sifatida tergov qilinmoqda, biroq uning oʻgʻli hech qanday “adolat” istamadi.

«Biz suyaklarni qazib olganimizda adolat yuz berdi…  Otamizni topdik, gʻalaba qozondik”, dedi Mayk.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.