18 +  RSS  E-mail
12:51, 14 12 2018

15 million aholisi boʻlgan shahar suv ostiga choʻkmoqda


Aniqlangan jarayon qoʻrqinchli — bu shahar dunyoda eng tez suv ostiga  choʻkyapti.

“Shahar choʻkmoqda” deganda koʻpchiligimiz darhol Venetsiyani tushunamiz. Haqiqatan ham Italiyaning diqqatga sazovor joylari asta-sekin suv ostiga ketmoqda. Olimlar shaharni saqlab qolish uchun harakat qilishmoqda, ammo ularning takliflari samarali emas.

Biroq, Venetsiya yaqin kelajakda suv ostiga choʻkadigan yagona shahar emas. Gʻarbiy Osiyodagi eng katta shaharlaridan biri – Tehron ham bu muammoga duch kelmoqda.

Har yili 25 santimetr suvga choʻkayotgan Eron poytaxtida qariyb 15 million kishi yashaydi. 2003 va 2017 yillardagi sunʼiy yoʻldosh rasmlarini taqqoslab, maʼlumotlarni tahlil qilgandan soʻng nemis tadqiqotchilari ogohlantirishdi.

Tadqiqotchilar Tehronning uchta tumani 25 sm choʻkayotganini aniqlashdi. Shaharning boshqa dahalari ham kamroq boʻlsa-da, choʻkmoqda. Shunday qilib, aeroport maydoni sathi har yili 5 sm ga pasaymoqda.

Shahar suv ostida qolishi sabablari juda aniq. Tehron aholisining soni sezilarli darajada oshdi, shahar faol rivojlanmoqda — yangi uylar, yoʻllar, korxonalar qurildi. Shaharliklar ehtiyoji uchun suv koʻproq ishlatilishi, yer osti suvlari zahirasi kamayishi natijasida tuproq qatlami keskin choʻkmoqda. Darhaqiqat, yer osti suvlarining oʻrtacha darajasi 1984 yildan beri 12 metrga pasaygan.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Tehronda paydo boʻlgan jarayon xavfli. Uning oqibatlari juda jiddiy — shaharda binolar yemirilishi, yoʻllarga shikast yetkazilishi kuzatilmoqda.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.