18 +  RSS  E-mail
12:11, 13 12 2018

“Rostransnazorat” amaldorining rafiqasi 66 ta mashinani sotib olgani uchun ishdan boʻshatildi


Transport nazorati boʻyicha federal xizmati amaldori davlat xizmati ishidan boʻshatildi, chunki uning rafiqasi shaxsiy foydalanish uchun 66 ta avtomobil sotib olgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori Yuriy Chayka maʼlum qildi. “Rostransnazorat” xodimining ism-sharifi aytilmadi.

Foto: nevsedoma.com.ua

“Prokuror tekshiruvi jarayonida uning turmush oʻrtogʻi 66 ta mashinani sotib olgani, oilaviy daromad esa ushbu bitimlar bajarilishini taʼminlay olmasligi aniqlandi «, deya Yu.Chaykaning soʻzlarini qayd etdi “Kommersant”.

Bosh prokurorning soʻzlariga koʻra, bu soʻnggi paytlarda yagona hodisa emas. Masalan, Krasnodar oʻlkasidagi federal avtomobil yoʻllari boshqarmasining rahbari korxonani mukammal taʼmirlash boʻyicha tuzilgan shartnomalarda bajaruvchi tashkilot muassisiga shaxsan oʻzi 6 million rubl qarzdorligi aniqlangan. Shundan keyin u ishdan boʻshatildi, “Qizigʻi shundaki, oʻzaro manfaat boʻyicha nizolarni oldini olish va bartaraf etish choralar koʻrilmayapti”, deb taʼkidladi Yu.Chayka.

2018 yilning toʻqqiz oyida prokuratura tomonidan mamlakatda 180 mingdan ortiq korruptsiyaviy qonun buzilishi aniqlandi. Ushbu davrda jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan  8,5 ming kishiga nisbatan ayblov hukmi chiqarilgan. Ishonchni yoʻqotgani uchun 908 nafar shaxs davlat xizmati ishidan boʻshatilgan. Hozirgi vaqtda 705 nafar shaxsning ism-sharifi  ochiq foydalanishdagi maxsus reyestrga kiritilgan.

Bosh prokuratura tashabbusi bilan qonunchilikka oʻzgartishlar kiritildi. Unga koʻra, davlat xizmatidan oʻz xohishiga binoan boʻshagan sobiq amaldorlarning ham xarajatlarini nazorat qilish mumkin.

“Bunday nazoratni lavozimidan chetlatilgan yoki ishdan boʻshatilgan sanasidan boshlab olti oy mobaynida amalga oshirish mumkin”, dedi Yu.Chayka.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.