18 +  RSS  E-mail
16:22, 12 12 2018

RF sobiq vaziri Ulyukayev poraxoʻrlik holati boʻyicha hamma jarimani toʻladi


Sud ijrochilari Iqtisodiy rivojlanish sobiq vaziri Aleksey Ulyukayevning bank hisob raqamidan 130 million rubl jarimani toʻliq yechib olishdi. Sobiq vazir A. Ulyukayev yirik miqdorda pora olgani uchun sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va jazoni qattiq tartibli koloniyada oʻtash belgilangan, deya xabar beradi “Interfaks”.

“Pul mablagʻlari Ulyukayevning “Sberbank” hisob raqamidan sud ijrochilarining depozit hisobvaragʻiga kelib tushgan”,  dedi sudlanuvchining advokati Viktoriya Burkovskaya. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu pul mablagʻlari yaqin kunlarda sud ijrochilari tomonidan davlat daromadiga oʻtkaziladi, shundan keyin sud hukmi  boʻyicha ijro ishi tugatiladi.

Oktyabr oyi oxirida Moskva shahridagi sud FSSP boshqarmasi iltimosiga binoan Ulyukayevning “Sberbank”dagi hisob raqamidan foydalanishni cheklash tarzidagi vaqtinchalik chorani bekor qildi. Shunday qilib, sud ijrochilari hisob raqamiga kirishga muvaffaq boʻlishdi va jarimani yechib olishdi.

Moskvaning Zamoskvoretskiy sudi 2017 yilning dekabr oyida sobiq vazirni “Rosneft” bosh ijrochi direktori Igor Sechindan 2 million AQSh dollarini pora tarzida olishda aybdor deb topdi va uni sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sud shu muddat davomida A.Ulyukayevni davlat organlari va davlat korporatsiyalarida lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qildi. Sobiq vazir oʻz aybini tan olmadi. Ayni paytda u Tver viloyatidagi 1-sonli  koloniyada jazoni oʻtamoqda.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.