18 +  RSS  E-mail
16:20, 12 12 2018

Olimlar diyetik gazlangan ichimlik xotiraga salbiy taʼsir qilib, miyani qichraytirishini aniqlashdi


Bir guruh olimlar sunʼiy shira qoʻshilgan diyetik gazlangan ichimlik inson xotirasi va miyasiga salbiy taʼsir koʻrsatishini aniqladilar.

Maʼlum boʻlishicha, diyetik gazlangan ichimlikni tez-tez isteʼmol qilish insonning xotirasiga salbiy taʼsir koʻrsatishi, shuningdek uning miyasining hajmini kichraytirish va insul’t xavfi oshishi yoki  aqli pasayishiga olib kelishi mumkin.

Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, yoshi 45 yoshdan oshgan toʻrt mingdan ortiq odamning maʼlumotlarini oʻrganib chiqqach, ularda diyetik gazlangan ichimlik isteʼmol qilmaydiganlarga nisbatan uch barobar koʻproq insul’t sodir boʻlarkan.

Bundan tashqari, ushbu gazlangan ichimliklarni har kuni isteʼmol qilish miya hajmini kamaytiradi va xotirani pasaytiradi.

Hozirgi vaqtda tadqiqotchilar  orasida diyetik gazlangan ichimlik inson xotirasi va miyasiga taʼsiri haqida bir xil fikrda emaslar, biroq buni qon aylanishi buzilishi bilan bogʻlamoqdalar.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.