18 +  RSS  E-mail
12:15, 06 12 2018

Asabiylashish bilan kurashish yoki qanday dam olishni oʻrganish


Koʻp kasalliklarning sababchisi asabiylashish ekanligi allaqachon isbotlangan. Inson muammolarni boshidan chiqarib tashlashi va ortiqcha bosimdan keyin asab tizimini tiklashni oʻrganishi butun bir sanʼatdir.

Har hafta bir kunni doʻstlaringiz va oilangiz bilan suhbatlashishga yoki baliq ovlash, velosipedda sayr qilish, oʻrmonga meva va qoʻziqorin terishga borish, tabiat qoʻynida ovqat pishirib dam olishga sarflang

Mashq qilish yoki yoga bilan shugʻullaning.

2 daqiqa oʻzingizni unuting va chuqur nafas oling. Lavanda efir moyini hidlang, u bosimni moʻʼtadillashtiradi va taskin beradi.

Muammolardan oʻzingizni chalgʻiting: doʻkonga xaridga boring, spa-salonga tashrif buyuring, pedikyurni qiling yoki sochingizning yangi rangga boʻyashingiz mumkin. Maqsad — asab tizimi va miya faoliyatini tiklash uchun qisqa muddatga eʼtiborni boshqa ishga qaratish.

Raqs maktabi, fitness markazi, yoki xohlagan sport sektsiyasiga qatnashing.

Nozik va egiluvchan qomatli boʻlishdan tashqari asabiylikni sport yordamida yengish mumkin.

Massajchiga tashrif buyuring.

Bir soatlik yengil massaj tananing turli qismlarida asabiylashish tufayli hosil boʻladigan bloklarni eritadi.

Bugʻxonaga boring.

Bu doʻstlar va yaqinlaringiz bilan miriqib suhbatlashish va dam olish uchun ajoyib imkoniyatdir. Tanani “savalash” uchun qayin, evkalipt yoki eman supurgilaridan va ignabarg, kiparis, apel’sin, roza efir moylaridan foydalaning.

Uyqudan oldin keskinlikni yumshating.

Buning uchun yotgan holda tananing barcha mushaklarini, shu jumladan, yuzni taranglab, keyin ularni butunlay boʻshating. Taranglashib qolgan mushaklar yumshaguncha mashqni bir necha marta takrorlang.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.