18 +  RSS  E-mail
14:09, 30 11 2018

Suhbatdoshingiz yolgʻon gapirayotganini bildiradigan alomatlar


Donishmandlar: «Achchiq haqiqat shirin yolgʻondan yaxshiroq» deydi, lekin hamma buni hayotda qoʻllamaydi, deya yozadi fresher.ru.

Foto: fresher.ru

Baʼzan bizga atrofdagilar yolgʻon gapirayotganga oʻxshaydi, shuning uchun siz  suhbatdoshingiz yolgʻon yoki rost gapirayotganligini tekshirishni oʻrganishingiz kerak.

Qanday qilib yolgʻonni aniqlash mumkin?

Yerga yoki koʻzga tik qarash

Biror kishi yolgʻon gapirsa, buni oshkor qilmaslik uchun koʻzingizga tik qaramaslikka harakat qiladi. Agar insonning koʻziga tik qarash kerakligini aniq ayta olsangiz, u sizga qarashni boshlaydi, bu yerda aniq bir gumon bor.

Uzun soʻzlar bilan bepoyon nutq

Yolgʻonchilar suv quyib, uzundan-uzoq gapirishadi. Shunday qilib, ularda ajoyib tafsilotlarni oʻylab topish uchun koʻproq vaqt paydo boʻladi. Suhbatdoshingizga “Siz bu maʼlumotni qayerdan oldingiz?» kabi savollar uni chalkashtirib yuboradi.

Oʻzini tutish holati va imo-ishoralar

Siz soʻzlarga ishonishingiz mumkin, ammo tana harakati yolgʻon gapiradigan odam ekanligini har doim koʻrsatadi. Agar suhbatdoshingiz ishonch bilan sizga biror narsani aytgan paytda qoʻlini qayerga qoʻyishini bilmasa yoki tana harakati doimiy ravishda oʻzgarib tursa, unda olingan maʼlumotlarni tekshirib koʻring.

Qoʻshimcha tafsilotlar

Agar biror kishi yolgʻon gapirsa, u minglab keraksiz tafsilotlarni aytadi. Shundan keyin yolgʻonchini toza suvga olib chiqishadi, biroq yolgʻon soʻzlashni yaxshi koʻradiganlar doimo haskashga oyoq bosishadi.

“Eng yaxshi himoya — hujum”

Agar siz ishonchsizlikni ifoda qilsangiz, u holda yolgʻonchi darrov asabiylashadi va achchiqlanadi. Siz suhbatdoshingizdan dunyodagi eng halol va hech qachon yolgʻon soʻzlamaydigan odam ekanligi haqida mingta soʻzni eshitasiz. Haqiqatni gapiradigan kishi xotirjamlik bilan javob berib, oʻz fikrida turadi.

Turli versiyalarda bir-biriga toʻgʻri kelmaydi

Suhbatdoshingizga ishonmasangiz, oʻzaro suhbatni diktofonga yozib olishingiz mumkin. Oʻsha gapga yana qaytganda, yolgʻonchi aql bovar qilmaydigan tafsilotlarning aksariyatini eslay olmasligini bilib olasiz. Hikoyalar tartibi oʻzgartirishi yoki ularda yangi odamlar paydo boʻlishi mumkin.

Koʻz harakatlari

Agar kishi gapirganida uning koʻzlari avval yuqoriga, keyin esa chapga harakatlansa, u eslayotgan boʻladi. Agar yuqoriga va oʻngga harakatlansa, voqeani toʻqiyotgan boʻladi.  Chapaqaylarda esa aksincha.

Ter hidi

Biror kishi toʻsatdan terlash, duduqlanish va qizarib boshlasa, u nimanidir yashirayotgan boʻladi.

Lahzalik harakat

Koʻpincha yolgʻonchi kishi suhbatning boshida bir soniyada sarosimaga tushadi yoki jiddiylashadi, baʼzan jilmayadi.  Demak, inson yolgʻon gapirayotganligini tushunish oson, shuning uchun uning hissiyotlarini kuzatish lozim.

Takrorlash – bilmasdan tan olish

Suhbatdoshingizga ishonmaysizmi? Undan voqeani boshidan aytib berishini iltimos qiling. Agar u tutilib gapirsa yoki xatti-harakatlari ketma-ketligini oʻzgarsa, demak u yolgʻonchidir.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.