18 +  RSS  E-mail
12:09, 27 11 2018

“Oʻzbekkontsert” yilning eng zoʻr qoʻshiqchilari reytingini eʼlon qildi


Reytingda qoʻshiq nomi va ulardan toʻrt qatorni taqdim etamiz:

Foto: tarona.tv

VIA “Maroqand” — “Turist”.

Hozir hamma turistla shetta,

Turizm ham rivojlanib ketti.

Ram papa-pam tara tira-ram,

Sirli olam kezaman.

Rim, yoki Indiya, Emiratmi Indoneziya.

Men eʼtiboringizni qoʻshiq matniga qaratmoqchiman. Shetta soʻzi Toshkent shevasidan olingan boʻlib, shu yerda degani. Ram papa-pam tara tira-ram degan kuchli maʼnoga ega soʻzlar haqida men hech nima demayman. Xulosa oʻzingizdan. INDIYa soʻzi ruscha soʻz boʻlib HINDISTON deyiladi. EMIRAT ham ruscha soʻzdan olingan boʻlib Amirlik deyiladi oʻzbek milliy tilimizda.

Bu faqat naqoratidagi soʻzlarning tahlili edi.

VIA “Maroqand” — “Million”.

Manga bitta moshina kerak,

Qoʻshnilarga maqtanishim kerak

Hammasida Kaptiva Kaptiva Kaptiva moshina bor.

Sanga Kabrialet kerak,

Ja boʻmasa Mersedes kerak.

Hammaga koʻz-koʻz koʻz-koʻz qilish kerak.

Ushbu qoʻshiqni soʻzlariga keladigan boʻlsak: “Manga bitta moshina kerak, qoʻshnilarga maqtanishim kerak”. Bu nima? Otalar soʻzining yangicha koʻrinishimi? Xulosa oʻzingizdan.

Jahongir Poziljonov — “Jamila”.

Jamila Sattor akani erka qizi,

Jamila mahallamiz (***) qizi.

Eslab qoling…

Jahongir Poziljonov  — “Shalola”.

Shalola la la la laaaaaaa,

Qolib ketdiku qoʻlimda lola.

Qanchalik falsafiy maʼnosi parda ortiga yashiringan. Qiyin soʻzlardan tashkil topgan qoʻshiq.

Jasur Umirov — “Avaz”

Avaz tinchimas Avaz,

U qizga gapirma boʻlamiz qastma-qast.

Jasur Umirov — “Sayfi”.

Mayli bor-mayli bor

Sayfini yoniga bor,

Koʻnglingni olib qoʻygan

Bor oʻsha daydiga bor.

Ushbu qoʻshiqlarni ham menimcha Jahongir Poziljonovni sheʼrlarini yozadigan shoir yozgan. Shoir?

Sevara – “Ali”

Ali Ali jonim Ali,

Qarashlaring seni buncha vohmali.

Ali-vohmali. Qofiyani qara. Qanaqa qilib oʻylab topildi ekan. Menimcha vahimali demoqchi…

Vohinjon Isoqov – “Mali”.

Mali Mali Malikam…

(Muhokamasiz).

VIA “Osiyo” – “Kavasaki”.

Laki laki laki laki god laki,

Tokiyodan oʻtaman minib Kavasaki,

Mani mani mani koʻp boʻladi mani.

Neshnl bank Xirosima, Nagasaki.

Janob Rasul – “Tamara”.

Tamara Tamara san arqangga bir qara.

Tamara Tamara ketaman bara bara.

Ushbu qoʻshiqlar 2018 yil deyarli barcha xususiy kanallarda aylangan yarmidan ortigʻi “xit” boʻlgan…

Ushbu holat yuzasidan yoshlarimiz, ukalarimiz, opa-singillarimiz oʻzlariga qanaqa xulosa chiqarishadi? Qanday shaxs boʻlib yetishishadi? Oʻzi shaxs boʻlib yetishishadimi?

Ushbu savollarga kim javob beradi? “Oʻzbekkontsert”ning super-muper komissiyasimi?

Xumoin HAMROYEV.

khamraev_uz kanalidan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.