18 +  RSS  E-mail
7:46, 27 11 2018

Donishmandlar tavsiya qilgan yetti sir


  1. Donishmandlarning aytishlaricha, sir saqlanishi lozim boʻlgan birinchi narsa — uzoqni koʻzlangan rejalar. Bu rejalar amalga oshmaguncha ularni hech kimga aytmang. Bizning har bir gʻoyamiz oʻzimizga qarshi ham ishlatilishi mumkin.
  2. Donishmandlar sir saqlashni tavsiya etgan ikkinchi narsa — qilgan xayr-sahovatimiz haqida gapirmaslikdir. Sahovat noyob narsa boʻlib, uni koʻz qorachigʻidek asrash darkor. Qilgan yaxshi amalingiz bilan maqtanmang. Kibr xayrli amalingiz ortidan kelgan yaxshilikni tortib oladi.
  3. Donishmandlar birovlarga oshkor qilmaslikni tavsiya etgan uchinchi narsa bu oʻz didingiz haqida gapirishdir. Duch kelgan kishiga qanday ovqatlarni yoqtirishingizu nimalarni yemasligingiz, qancha uxlashingiz, jinsiy xohishlaringiz haqida gapiravermang.
  4. Aytmaslik kerak boʻlgan toʻrtinchi narsa bu mardlik, jasoratdir. Kimdir tashqi tomondan sinovlarga duchor boʻladi, kimdir esa ichki tomondan. Tashqi sinovlarni hamma koʻradi va bu sinovlarni yenggan insonlar mukofot olishadi, lekin ichki sinovlarni hech kim koʻrmaydi va bu sinovlarga dosh berganlarni mukofotlamaydi.
  5. Oʻzgalarga aytmaslik lozim boʻlgan beshinchi narsa diniy bilimdir. Diniy bilim turli darajada boʻlib, bu borada mukammallikka erishgan insongina bu bilimini boshqalar bilan baham koʻrishi mumkin. Endigina diniy bilimlarni egallay boshlaganlarning asosiy xatosi shundaki, ular darhol bu bilimlarini boshqalar bilan oʻrtoqlashgisi keladi va bu boshqalarga yaxshilik keltirish oʻrniga ularni adashtiradi va hattoki choʻchitishi ham mumkin.
  6. Boshqalar bilan oʻrtoqlashish lozim boʻlmagan oltinchi narsa oilaviy nizolar va umuman, shaxsiy hayotdir. Yodda tuting: oilangizdagi muammolar haqida qanchalik kam gapirsangiz, oilangiz shunchalik mustahkam boʻladi.
  7. Boshqalarga aytilmaydigan yettinchi narsa esa kimlardandir eshitilgan gʻiybat va igʻvolardir. Koʻchada yurganingizda poyabzalingiz iflos boʻlishi mumkin. Uyga kelib yoki birovning oldiga borib kimdandir eshitgan yomon soʻzlarni boshqa odamga aytish xuddi uyga kelib, iflos poyabzalini yechmagan odam kabidir.

mehrob.uz dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.