18 +  RSS  E-mail
12:31, 15 11 2018

Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroportini koʻzdan kechirdi


Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 noyabr kuni Nukus shahriga tashrif buyurib, dastlab Nukus xalqaro aeroportida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlarini koʻzdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil yanvar oyidagi tashrifi chogʻida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida bu yerda qariyb 80 milliard soʻmlik ishlar bajarilgan. Aeroport binosi rekonstruktsiya qilinib, terminal kengaytirilgan, zamonaviy jihozlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroporti Qoraqalpogʻistonni iqtisodiy rivojlantirish, biznes aloqalarni kengaytirish, turistlar oqimini koʻpaytirishga xizmat qilishini taʼkidladi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.