18 +  RSS  E-mail
16:19, 14 11 2018

Uyqu va dam olish sifatini qanday yaxshilash mumkin?


Tananing barcha aʼzolari va tizimlarining yaxshi ishlashi, shuningdek asab tizimining holati va uning turli xil taʼsirlarni samarali yechish qobiliyati insonning qanday qilib va qancha dam olishiga bogʻliq.


Foto: workingwomanreport.com

Yotishdan oldin yotoqxona derazasini ochib, kamida yarim soat toza havo kiriting.

Lavanda, ukrop urugʻi yoki yalpiz kabi giyohlar solib tikilgan yostiqda yoting.

Peshindan keyin tarkibida kofeini mavjud boʻlgan mahsulotlar va energiya stimulyatorlarini isteʼmol qilmang.

Kechqurun yogʻli, qovurilgan va juda yuqori kaloriya ovqat yemang, dudlangan va tuzlangan mahsulotlar ham tavsiya qilinmaydi.

Tungi choy ichishda yalpiz, limonoʻt yoki qizilpoychadan foydalaning. Dorixonadan tayyor tinchlantiruvchi giyohlar yigʻmasini olish mumkin ham boʻladi.

Bir stakan iliq sutga bir qoshiq tabiiy asal qoʻshib ichish — yillar davomida sinalgan uyqusizlikdan vositadir.

Xushboʻy terapiyadan foydalaning. Lavanda, apel’sin, yalpizning efir moylari keskinlikni pasaytiradi. Uxlashdan bir soat oldin maxsus chiroqqa ushbu efir moylaridan bir necha tomchi tomizilsa, xonadagi havo foydali birikmalar bilan toʻladi va insonni tinchlantirishga yordam beradi.

Yotishdan oldin lavanda, moychechak, evkaliptli iliq vanna qabul qiling.

Uyqudan oldin kamida 10 daqiqa davomida mulohaza qiling. Faqat yaxshi va yoqimli narsalar haqida oʻylang.

Dam olish, bayram, taʼtil kunlarida, umuman har kuni bir vaqtda uxlash va uygʻonishga harakat qiling.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.