18 +  RSS  E-mail
16:11, 14 11 2018

Shaharlik qiz omadini internetdan izlaydi


Nega qishloq qizlari,

Mehnat qilib tinmaydi.

Yetmish foiz qishloq qizi,

Internetga kirmaydi.

Shaharlikni sevay desam,

Koʻngil sira toʻlmaydi.

Qishloq qizi yaxshiroq,

Ayfonsiz ham oʻlmaydi.

Tongda turib qishloq qizi,

Hovlisini supuradi.

Oʻnda turib shaharlik qiz,

Derazadan tufuradi.

Internetdan izlab ketar,

Shaharlik qiz omadini.

Glavniyga qoʻyib olib,

Koʻz-koʻz qilar qomatini.

Qishloqlarda qizlar bor,

Lavash nima bilmaydi.

Turmushga chiqmaguncha,

Qoshin terib yurmaydi.

Qishloq qizi yaxshiroq,

Soddalikda tengi yoʻq.

Kiyim kiyar shaharlik qiz,

Koʻksi ochiq, yengi yoʻq.

Oʻylashimcha aslida,

Qizlar nurdan yaralar.

Qishloqdagi qizlardan,

Rayhon hidi taralar.

Qishloq qizi oʻt yoqib,

Qaynatar qumgʻon choyni,

Tong saharda tez turib,

Tomosha qilar oyni.

Shaharlik qiz qaydan bilsin,

Sharqirab oqqan soyni.

Tong saharda bedana,

Xoʻroz qichqirgan joyni.

Senga nima ey Kamron,

Oʻlmagan jon oʻlmaydi.

Qani oʻsha shaharlik,

Bir sevmasang boʻlmaydi.

KAMRONBEK

“Lider”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.