18 +  RSS  E-mail
15:03, 26 10 2018

Suzib yuruvchi xususiy “orol”


Soʻnggi yillarda eksklyuziv yaxtalar etishmovchiligi yoʻq, ammo hech narsa Kokomo Ailand bilan tenglasha olmaydi. Bu kema emas, balki juda tez harakatlanuvchi oroldir. Uni hashamatli xususiy kurort bilan taqqoslash mumkin. Bir necha qavatida noyob pentxaus va plyaj klubining barcha belgilari mavjud.

Foto: daypic.ru

Kokomo kontsepti Migaloo Private Submarines kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ular taʼkidlashlaricha, loyiha mijozning iltimosiga binoan mavjud texnologiyalarga muvofiq tasniflar bilan toʻldiriladi. Mijozning qoʻshimcha talablari suzuvchi “orol”ning yakuniy qiymatiga taʼsir qiladi.

Kokomo Ailand — massiv yaxta va hashamatli kurort belgilari mavjud xususiy oroldir.

Pentxaus dengiz sathidan taxminan 80 metr balandlikda boʻlib ikki liftli, jakuzi, maxsus plyaj klubi va ajoyib okean manzarasi mavjud.

Katta platformani sakkizta dvigatel soatiga taxminan 15 km tezlikda harakatlantiradi.

Eng ekzotik xususiyatlardan biri palubadagi  oʻrmondir.

Pal’ma daraxtlari, vertikal bogʻlar va sharsharalar mavjud.

Spa-palubada sport zali, massaj xonasi va goʻzallik saloni mavjud.

Daraxtlar orasida ochiq havoda ovqatlanish mumkin. Palubadagi chiroyli plyajda turli xil basseynlari, barbekyu uchun maydoncha, suv osti oshxonasi, akulalarni boqish stantsiyasi va ochiq havoda kinoteatr mavjud.

Panorama basseyn va balkonlar ham qurilgan. VIP maydoni va plyajdan pastki qavatda mehmonxona, shuningdek vertolyot uchun maydoncha ham bor.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.