18 +  RSS  E-mail
8:09, 26 10 2018

Buxoroda yana bir yangi mehmonxona qurilishiga kelishildi


Foto: Buxoro viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

Buxoro viloyat hokimligida Germaniyaning «Plaza Xotelgroup Gmb» kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur investorlarning Yevropaning bir qator davlatlarida mehmonxonalari mavjud boʻlib, Oʻzbekistonda, qolaversa, Buxoro shaxrida ham mehmonxona qurish istagida ekanliklarini bildirishdi.

Uchrashuvda yurtimizda qurilishi rejalashtirilayotgan mehmonxonalarning barchasini bitta brend ostida birlashtirish taklifini ham ilgari surildi. Bundan tashqari, 2019-yilning yanvar oyida davlatimiz rahbarining Germaniyaga rasmiy davlat tashrifi kutilayotganligi, shu muddatgacha qurilishi  rejalashtirilayotgan mehmonxonalar loyihasini, qisman boʻlsa-da, tayyorlab, namoyish etish istagida ekanliklarini ham aytib oʻtishdi.

Hamkorlik uchrashuvi tugagach, tomonlar oʻzaro kelishuv bitimlarini imzolashdi.

Buxoro viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.