18 +  RSS  E-mail
16:15, 25 10 2018

Rossiya operatorlari yangi sim-kartalarni sinovdan oʻtkazishga kirishdilar


Foto: zelv.ru

Rossiya operatorlari NB-IoT standartidagi qurilmalarda ishlatiladigan maxsus sim-kartalarni sinovdan oʻtkaza boshladilar. Rossiyaning 16 ta shahrida test sinovlari boshlangan. Uch xil karta formati ishlab chiqilgan —  oddiy, kichik qurilmalar uchun sim-chiplar, texnika uchun cheklangan sharoitda ishlaydigan termo sim-kartalar.

Rossiyaning MTS operatori yil oxirigacha ushbu loyihani millionlab aholisi boʻlgan shaharlarda ishga tushirmoqchi. Test sinovidan oʻtgach, operator NB-IoT uchun maxsus tarifni ishlab chiqadi, deya xabar beradi «Kommersant».  “MegaFon” ham ushbu sim-kartalardan foydalanishini maʼlum qildi. Operator bu texnologiyalar boʻyicha tariflarni tadbirkorlarga taqdim etmoqda.

«Vimpelkom» operatorining vakillari ham NB-IoT uchun maxsus sim-kartalar taklif qilmoqda.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, hozir Rossiya hududida 13 million bunday sim-karta ishlatilmoqda. Operatorlar eSIM dan foydalanish bu yoʻnalishdagi yutuqlardan boʻlishini aytishdi, lekin hozirda ular Rossiyada qonunchilik darajasida taqiqlangan. Shuning uchun operatorlar NB-IoT uchun jismoniy sim-kartalar yaratishga majbur boʻlishmoqda.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.