18 +  RSS  E-mail
8:52, 19 10 2018

Putin nima uchun Rossiya Suriya urushida ishtirok etganini izohladi


Foto: YouTube

Rossiya ushbu davlat hududida Somalidagidek urushning oldini olish maqsadida jang harakatlarida qatnashdi. Bu haqda RF Prezidenti Vladimir Putin “Valday” munozara klubining 15-yigʻilishida taʼkidladi.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, agar jangarilar bizning mamlakatimiz hududiga yoki Rossiya bilan viza rejimi va chegaradan oʻtish uchun boshqa toʻsiqlar boʻlmagan qoʻshni davlatlar hududiga kirsa, bu tahdid boʻlar edi.

Putin terrorizm hali ham katta tahdid ekanini maʼlum qildi, ammo soʻnggi yillarda terrorizmga ulkan zarar yetkazilganligini va vaziyat yaxshi tomonga oʻzgarganligini taʼkidladi. Shunga qaramay, terrorizmga qarshi yakuniy gʻalaba haqida gapirish mumkin emas.

«Barchamiz ehtiyotkor boʻlishimiz kerak, tahdidlar kamaymagan va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishimiz kerak», dedi Rossiya Prezidenti.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.