18 +  RSS  E-mail
8:50, 19 10 2018

Biologlar chekishga qarshi «dori» yaratishdi


Foto: depositphotos.com

Skripps tadqiqot instituti biologlari miyaga yetmasdan oldin qon yoʻlida nikotinni yoʻq qiladigan ferment ishlab chiqdilar. Shunday qilib, chekish istagi deyarli yoʻqoladi. Laboratoriya sichqonlarida muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan usul Science Advances jurnalida chop etildi.

Tadqiqotchilar birinchi marta sigareta olgan kishilarning taxminan 60 foizi har kun chekuvchiga aylanishini taxmin qilishadi. Chekishni tashlaganlarning qariyb 75 foizi yana kashandalik odatiga qaytadi.

Ancha vaqtdan buyon nikotinning miyaga oʻtishining oldini olish orqali kashandalikdan qutulish istiqbolli usullardan biri hisoblanadi. Biroq olimlar inson ruhiyati va sogʻligʻining umumiy holatiga taʼsir qilmaydigan vositani yarata olmadilar.

Tasodifiy tarzda bunday modda Skripps instituti dotsenti Oliv’e Jorj rahbarligidagi tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan. NicA2-J1 fermenti tabiiy fermentning oʻzgartirilgan turi boʻlib, turli xil metabolizm bilan ajralib turadigan Pseudomonas putida bakteriyasidan olinadi. Dastlabki tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, NicA2-J1 tanadagi nikotinni parchalaydi, bunda faqat uning izlari qolib, alomatlardan saqlanishga imkon beradi.

«Bu yondashuv juda qiziqarli boʻlib chiqdi, chunki u nikotinga qaramlikni kamaytiradi, shu bilan birga chekish xohishi va chekishni tashlashda kelib chiqadigan boshqa alomatlar kuzatilmaydi. Bundan tashqari ferment miyada emas, balki qon oqimida ishlaydi, shuning uchun uning salbiy taʼsiri kamdir, — deydi Oliv’e Jorj.

Ikkinchi tadqiqot davomida biologlar tomonidan batafsil natijalar olingan. Unga koʻra, laboratoriyada kashandalikka moyil sichqonlarni maxsus yetishtirdilar. Sichqonlarga maxsus tortgichni bosganda ochiladigan nikotinli suvni isteʼmol qilish oʻrgatildi. Tajribaning boshida nikotinli suv 21 soat oraligʻida ochildi. Shu tariqa sichqonlarda moyillik paydo boʻldi. 12 kundan keyin bu davr 48 soatgacha koʻtarildi. Ularda abstinent sindromi va qatʼiy moyillik alomatlari koʻrindi. Hatto elektr tokining zarbasi ularni toʻxtata olmadi.

Dastlab NicA2-J1 10 mg/kg dozada yuborilgan sichqonchalar nikotinli suvni isteʼmol qilishda davom etishdi, lekin ferment qabul qilmaganlariga nisbatan ichimlikning qabul qilish davriyligi keskin kamaydi. Bundan tashqari, ular tajovuzkorlik va bezovtalik belgilarini koʻrsatishmadi. Odatda bu belgilar qaramliklan voz kechilganda namoyon boʻladi.

— Odatdan voz kechish jarayoni ular uchun uncha jiddiy tuyulmadi. NicA2-J1 fermentining oʻziga xos xususiyati boʻlib, u qaramlik darajasini pasaytirish uchun yetarli miqdordagi nikotinni ajratib oladi va moyillikni boshdan kechirmaslik uchun zarur miqdorni qoldiradi, — dedi Oliv’e Jorj.

Biolog oʻz guruhi tomonidan ishlab chiqilgan modda nikotinni izlash taʼsirchanligi va retsidiv ehtimolligini pasaytiradi, 10 kunlik tanaffusdan soʻng sichqonlarga nikotinli inʼektsiya yuborildi, ammo ular hech qanday qaramlik belgilarini koʻrsatishmadi, deya qoʻshimcha qildi.

Yaqin kelajakda biologlar jamoasi odamlarda fermentdan foydalanishni sinovdan oʻtkazishni rejalashtirishmoqda.

Timur ALIMOV


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.