18 +  RSS  E-mail
12:50, 18 10 2018

Tovada tort tayyorlash


Quyultirilgan sut (xamirga) – 1 quti

Tuxum (2 tasi kremga, 1 tasi xamirga) — 3 ta

Uksusda soʻndirilgan soda (xamirga) — 1 choy qoshiq

Un (2 ta osh qoshiq kremga) — 450-470 gr

Sut (kremga) — 500 ml

Shakar (kremga) – 1 st

Vanil shakar (kremga) — 1 paket.

Sariyogʻ (kremga) — 200 g

Yongʻoq (tortga sepish uchun) — 1 st

Biskvitlar juda tez tayyor boʻladi, shuning uchun kremni darhol tayyorlagan yaxshi. Sutni ilishga quyib, unga 2 ta tuxum, 2 osh qoshiq un, 1 stakan shakar va 1 paket vanil solinadi. Yaxshilab koʻpchitilib, sekin olovga qoʻyiladi. Quyuqlashguncha aralashtirib qaynatiladi. Issiq kremga sariyogʻ qoʻshib, aralashtiramiz va sovib qolmasligi uchun qopqogʻini yopamiz.

Endi biskvitlarga oʻtamiz. Idishga bir banka quyultirilgan sut, tuxumni qoʻshib yaxshilab aralashtiramiz. Keyin sirkada soʻndirilgan soda qoʻshamiz va asta-sekin un sepamiz.

Qoshiq bilan aralashtirish qiyin boʻlganda, xamirni ish stoliga solib aralashtiramiz. Xamir yumshoq va choʻziluvchan boʻlishi kerak.

Xamirni 8 ta teng qismga boʻlamiz.

Har bir biskvitni yoyamiz va bir necha joyiga vilka bilan bosamiz. Tovani oʻrtacha olovga qoʻyamiz va pishirishni boshlaymiz. Biskvit juda tez pishadi — 1 daqiqada. Darhol agʻdariladi.

Shunday qilib, barcha 8 ta  biskvit qatlamini pishiramiz.

Keyin mos oʻlchamdagi tovoqni qoʻyib, barcha biskvitlarning ortiqcha chekkasi kesiladi. Urvoqlar tortga sepish uchun kerak.

Biskvitlarga krem surtamiz. Krem issiq boʻlgani uchun biskvit darrov shimib oladi.

Keyin tortning usti va yon tomonlariga krem surtiladi.

Biskvitning kesilgan ortiqcha boʻlaklarini qoʻl bilan ezib, maydalangan yongʻoq qoʻshamiz. Tortga yaxshilab sepamiz.

Tort bir-ikki soat qoʻyiladi, keyin dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.