18 +  RSS  E-mail
14:08, 16 10 2018

Infark va insul’t xavfini kamaytirish


Statistik maʼlumotlarga koʻra, butun dunyo boʻylab yurak-qon tomir kasalliklari sogʻliqni yoʻqotish, nogironlik va erta oʻlim holatlarini asosiy sababi hisoblanadi. Profilaktik chora-tadbirlar ushbu dahshatli kasalliklarning rivojlanishiga toʻsqinlik qilishi mumkin.

Asabiylashishdan yiriq boʻling, salbiy taʼsirga tushmang va fikringizni nazorat qiling.

Chekishni tashlang.

Toʻgʻri ovqatlaning.

Faol turmush tarzini saqlang, jismoniy harakatsizlikdan qoching.

Vaznni nazorat qiling, agar u meʼyordan ziyod boʻlsa, ozishga harakat qiling.

Xolesterinni qabul qilishni kuzatib  boring (kunlik meʼyor 280-300 mg dan kam).

Muzqaymoq va tovuq terisidan voz keching (unda koʻp miqdorda xolesterin va toksinlar mavjud).

Goʻsht va pishloqni yeyishni kamaytiring. Ularni baliq va yogʻsiz pishloq bilan almashtiring.

Tuzdan ehtiyot boʻling. Sogʻlom inson uchun kunlik meʼyor 5 gramm (bir choy qoshiq)dan ortiq emas. Esingizda boʻlsin, tuz inson aʼzosidagi suvni ushlab turadi va qon bosimining oshishiga koʻmaklashadi, shuning uchun gipertoniyaga olib kelishi mumkin.

Omega-3 yogʻ kislotalariga boy mahsulotlarni kundalik ovqatlanishga kiriting: dengiz baligʻi, avokado, zigʻir urugʻi va yogʻi, xom yongʻoq va yogʻi, ayniqsa, bodom, kedr, qovoq va pista urugʻlari.

Qon bosimini kuzatib boring.

Har olti oyda bir marta kardiolog koʻrigidan oʻting.

Agar qandli diabetdan aziyat cheksangiz, unda qonda barqaror qand miqdorini saqlashga harakat qiling.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.